Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla
9-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.