Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.