2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi;
- qog‘oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |