Bas, qasamyod eturman qayta-qayta chiqib turuvchi bilan, yashirinuvchi sayyoralar bilan, («Takvir» surasi, 15-16-oyatlar) «Takvir» surasining 15-oyatidagi «xunnas»



Yüklə 16,35 Kb.
tarix27.12.2022
ölçüsü16,35 Kb.
#121852

Bas, qasamyod eturman qayta-qayta chiqib turuvchi bilan, yashirinuvchi sayyoralar bilan, ...(«Takvir» surasi, 15-16-oyatlar)
«Takvir» surasining 15-oyatidagi «xunnas» soʻzi «tortilmoq va orqagatisarilmoq», «ichiga tortmoq va iziga qaytmoq» maʻnolarini oʻz ichiga oladi. 16-oyatda «yashirinuvchi» deb tarjima qilingan arabcha jumla «kunnas» («kaanis» soʻzining koʻplik shakli) boʻlib, u harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yoki uyasiga kiruvchi va u yerda yashirinuvchi narsalarning muayyan bir yoʻlini nazarda tutadi. Yana 16-oyatdagi «javaar» («jariyah» soʻzining koʻplik shakli) soʻzi koʻchadigan va oqadigan biror narsani anglatadi. Shu maʻnolarni nazarda tutgan holda, bu oyatlar sayyoralarning tortishish kuchlari va ularning oʻz orbitalarida harakat qilishlariga ishora qilyapti deb tushunish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan oyatlardagi bu soʻzlar tortishish kuchiga asoslangan orbital harakatlarni toʻliq tasvirlaydi. Bulardan, «xunnas» soʻzi sayyoralarning oʻz markazlari tomon tortilishi va ularning Quyosh sistemasining markazi boʻlgan Quyosh tomon ham tortilishini anglatadi. (Alloh hammadan koʻp bilguvchidir.) Garchi bu tortishish kuchi XVII va XVIII asrlarda yashab oʻtgan Isaak Nyutonning matematik formulalari bilan kashf qilingan boʻlsa-da, u koinotda allaqachon mavjud edi. 16-oyatdagi «javaar» soʻzi tortishish kuchiga qarshi boʻlgan markazdan qochma kuch taʻsirida yuzaga keladigan orbital harakatlarga urgʻu beradi. Shubhasiz, «javaar» soʻzining «xunnas» (markaz tomon tortilish, tortilish) va «kunnas» (harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yoʻli) lar bilan birga ishlatilishi, 1400 yil avval biror kishining bilishi dargumon boʻlgan muhim ilmiy haqiqat toʻgʻrisida dalolat beradi. (Alloh hammadan koʻp bilguvchidir.) Bundan tashqari, mazkur oyatlar Qurʻonda qasamyod etilgan mavzulardan biri boʻlib, bu mavzuning ahamiyatliligidan darak beruvchi boshqa bir nishonadir.
Yüklə 16,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin