Bayonnomasi 19-noyabr 2022-yil Kenagas mahalla Yig‘ilish raisi: I. Abdullayeva Kotib : M. Yomg‘irov Qatnashdilar Maktabning mmibdo‘lari,sinf rahbarlari 1-11-sinf o‘quvchilari va fan o‘qituvchilari. Kun tartibi
Qo‘shko‘pir tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Gala-konsert”tadbirining
BAYONNOMASI 19-noyabr 2022-yil Kenagas mahalla
Yig‘ilish raisi: I.Abdullayeva
Kotib :M.Yomg‘irov
Qatnashdilar
Maktabning MMIBDO‘lari ,sinf rahbarlari 1-11-sinf o‘quvchilari va fan o‘qituvchilari.
KUN TARTIBI 1-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Gala-konsert” haqida.
ESHITILDI Kun tartibidagi masala yuzasidan M.M.I.B.D.O‘ I.Abdullayevaning fikrlari tinglandi. 1-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Gala-konsert” nomli tadbirda o‘quvchilar faol qatnashganini, turli millatlarning raqs va kuylarini maromiga yetkazib ijro qilganliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Ikkinchi masala yuzasidan ona tili va adabiyot fani metod birlashma rahbari S.Bayjanova so‘zga chiqib, “Gala-konsert”ning ahamiyati haqida to‘xtalib, bu tadbir o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘sishida va boshqa millat vakillariga bo‘lgan hurmatini ifodasi ekanligini, kelajakda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga yanada yordam berishini aytib o‘tdi.
Yuqoridagilarni eshitib yig‘ilish qaror qiladi:
1-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Gala-konsert” tadbiri qoniqarli deb topilsin.
Bunday mavzulardagi tadbirlarni ko‘taringki ruhda o‘tkazish barcha sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin
Yig‘ilish raisi: I.Abdullayeva
Kotib : M.Yomg‘irov
Qo‘shko‘pir tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bag‘rikenglik mening nazdimda” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi
BAYONNOMASI 16-noyabr 2022-yil Kenagas mahalla
Yig‘ilish raisi: S.Bayjanova
Kotiba : I.Rajabova
Qatnashdilar
Maktabning 9-11-sinf o‘quvchilari va fan o‘qituvchilari.
KUN TARTIBI 1. 9-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bag‘rikenglik menin nazdimda” insholar tanlovi haqida.
ESHITILDI Kun tartibidagi masala yuzasidan M.M.I.B.D.O‘ I.Abdullayevaning fikrlari tinglandi. 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan insholar tanlovining ahamiyati haqida to‘xtalib, bu tanlov o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘sishida va kelajakda komil inson bo‘lib yetishishida katta yordam berishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng ona tili va adabiyot fani metod birlashma rahbari S.Bayjanova so‘z olib, tanlovda o‘quvchilar faol qatnashganini, bu mavzu doirasida o‘qib izlanib, fikrlarini mustaqil va har tomonlama keng bayon qilganliklarini aytib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 9-“B” sinf o‘quvchisi _______________________ 1-o‘rinni egalladi.
Yuqoridagilarni eshitib yig‘ilish qaror qiladi:
9-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bag‘rikenglik mening nazdimda” insholar tanlovi qoniqarli o‘tkazildi.