Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti
Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasida “Ta’lim tizimida
korrupsiya va uni oldini olish: mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish istiqbollari” mavzusida o‘
tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
O’tkazilgan sana: 06.02.2023
Tashkilotchilar: Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalari kafedrasi
dotsenti Zaripova G., kafedra katta o‘
qituvchisi Atayeva G., o‘
qituvchilar
To‘
rayeva G., Subhonqulov U.
Qatnashdilar: 1-2KIDT-20 guruh talabalari.
Oliy ta’lim tizimi − Yangi O‘zbekistonni barpo etuvchi muhim
omildir. Ta’lim tizimi salohiyati qancha baland bo‘lsa,
islohotlar maqsadiga
erishish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Shu sababdan ta’lim salohiyatiga putur
yetkazayotgan muammolar va illatlarga barham berish masalasi o‘ta dolzarb. Bu
kabi illatlarning eng muhimlaridan biri – ta’lim tizimidagi korrupsiya va
poraxo‘rlikdir. Shu boisdan ushbu illatlarni bartaraf qilish, ta’limdagi korrupsiya va
poraxo‘rlikning oldini olishga astoydil kirishilgan.
Yoshlarni korrupsion illatlarga qarshi tarbiyalash
maqsadida kafedra
professor-o‘qituvchilari fakultetning bir guruh talaba-yoshlari bilan davra suhbati
uyushtirdi. Kirish so‘zini kafedra mudiri T.R. Shafiyev ochib berib, kafedra dotsenti
G. Zaripova mavzuni o‘z fikrlari bilan davom ettirdi:
“Bugungi
kunda
o
‘qitish va baholashning xalqaro standartlariga o‘tildi.
Ta’lim jarayonida kredit-modul tizimi joriy qilindi. Bu o‘qitish va baholashda
shaffoflikni ta’minlash, turli xil ta’magirlik va korrupsion omillarni oldini olishga
xizmat qiladi. O‘qitishning kredit-modul tizimida talabaga o‘zlarining qiziqishlari
va qobiliyatlaridan kelib chiqib tanlov fanlarni va professor-o‘qituvchilarni tanlash
imkoniyati beriladi. Oliy ta’lim tizimini boshqarishning
raqamlashtirilgan tizimi
HEMIS dasturining tadbiq etilishi natijasida fanlarni o‘zlashtirish va baholash
jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatda
inson omili
aralashuvining oldi olindi. Dastur orqali talaba va professor-o‘qituvchilar
kontingenti va ularning harakati to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati
yaratildi”
.
Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarning yakuniy imtihonlarni
topshirish jarayonlari davom etmoqda. Aynan man shu jarayonl
ar korrupsion
holatlarning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur holatlarni oldini olish va
bartaraf etish barchamizning insoniy hamda
qonuniy burchimiz ekanligi
talabalargatushuntiribo‘tildi.