1.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog‘ayishiga ishonch uyg‘onishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaf-faqiyatli o‘tishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Parvarishni uy sharoitida bemorning qarindosh-urug‘lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.

Parvarish qilish 2 turga bo‘linadi:
- Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda olib boriladi.
- Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladigan tadbirni o‘z ichiga oladi( ichki kasalliklar, ko‘z kasalliklari va boshqa).
2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari:
2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari:
1.Dorilarni ichirish, in’ektsiya qilish, tomizish, surtish va hokazo.
2.Xantal, banka, kompress qo‘yish, ingalatsiya qilish, me‘dani yuvish, klizmaning har-xil turlarini bajarish, zuluk qo‘yish va boshqalar.
3.Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish. Bemorni yuvintirish,yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va
choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og‘ir bemorga yordam ko‘rsatish.
4.Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta’minlash.
5.Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish.
3.Bemor ruhini tetiklashtirish:
- Bemor bilan xushmuomalada bo‘lish, uning kayfiyatini ko‘tarish.
- Bemor iltimoslarini iloji boricha o‘z vaqtida bajarish.
- Gazeta va jurnallar o‘qib berish.
- Bemorning sog‘ayib ketishiga ishonch uyg‘otish.
4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
1.Bemorni yuvintirish.
2.Teri, soch, ko‘z, quloq, burun, og‘iz bo‘shlig‘i va tirnoqlarni parvarishlash.
3.Kiyimlari, choyshablarini almashtirish.
Yotoq yaralarning oldini olish.
5.Yotoq yara va uning oldini olish. Bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli badan terisida paydo bo‘ladigan yaraga yotoq yara deyiladi.
Oldini olish:
1.Bemor terisini o‘z vaqtida parvarish qilish.
2.Iloji boricha bemor ahvoliga qarab kuniga yoki kunora o‘ng yoki chap yonga ag‘darib turish.
3.Ovqatlantirilganda bemor to‘shagiga ovqat qoldiqlarining tushishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.Kiyimlari va choyshablarining bukilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
6.Teri qizargan yoki yara paydo bo‘lgan bo‘lsa, tibbiy muolajalar yordamida davolash.
6.Bemor yotgan xonaning sanitariya-gigiyenasi. Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati va havo rejimini tibbiyot hamshirasi nazorat qiladi. Xonani va undagi jihozlarni kuniga 2-3 marta dezinfeksion eritmalar: xloramin, xlorli ohak, toza suv bilan namlab artiladi. Xona harorati 20-22° da bo‘lishini ta’minlash zarur. Bundan tashqari xonaning deraza va eshiklarini ochib vaqti-vaqti bilan shamollatib turish lozim.