Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti qabulova qutlibikaning



Yüklə 256,57 Kb.
səhifə9/12
tarix13.12.2023
ölçüsü256,57 Kb.
#139811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ELEKTR” BO’LIMIGA DOIR MASALALAR TANLASH VA YECHISH USLUBI

2.2. Akademik litseyda o‘quv predmeti
Zamonaviy ta’lim tizimi murakkab tuzilmaga ega bo`lib, uning tarkibiga ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan va o`zaro murakkab bog`lanishlarga ega bo`lgan texnalogik, pedagogik, tashkiliy, iqtisodiy, hamda nazariy – metodologik qismlar kiritiladi. An’anaviy ta’lim tizimi, zamonaviy ta’lim tizimidan texnologik qismini alohida ajratib qaramasligi bilan farq qiladi.
An’anaviy ta’lim tizimi “yuzma – yuz” o`qitish uslubi va bosma materiallarga asoslanib o`qitishga mo`ljallanganligi uchun texnologik qismi yetarli darajada rivojlanmagan.
Ta’lim sohasidagi ayrim mutahasislar orasida o`quv jarayoning komp’yuterlar, telekommunikasion jihozlar va yangi texnik vositalar bilan ta’minlanganligi, ya’ni o`quv auditoriyalarini komp’yuterlar, videokameralar va boshqa qurilmalar bilan jihozlash, o`qituvchilarni ulardan foydalanishga o`rgatish ta’lim tizimini zamonaviylashtirish uchun yetarli, degan noto`g`ri xulosalarga keladilar.
Zamonaviy ta’lim tizimining pedagogik asoslarini tahlil qilish va ta’lim jarayonida o`qituvchining o`rni va vazifalarini aniqlash dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.
Komp’yuter va telekommunikatsion texnalogiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim tizimining asosiy pedagogik usullari an’anaviy ta’lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi.
Birinchidan, ta’lim tizimining texnalogik asosi jadal rivojlanib borganligi uchun o`quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o`qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab etadi. Undan tashqari zamonaviy informatsion texnologiyalar o`quv materiallari sifatida ham o`ziga xos talablar qo`yadi.
Ikkinchidan, zamonaviy informatsion tehnologiyalarga asoslangan o`quv jarayonida asosiy figura o`quvchi hisoblanganligi uchun, o`qituvchi asosan o`quvchining berilgan murakkab o`quv axborotlaridan osonlik bilan foydalana olishga yordam berish, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatiga imkoniyat yaratish vazifalarini bajaradi.
Uchinchidan, zamonaviy ta’lim tizimida o`qituvchi va talabalar orasidagi o`zaro indivudial munosabat, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari ta’siri faollashadi.
Shunday qilib, ta’lim jarayonida zamonaviy informatsion va telekomunikasion texnalogiyalarni faol qo`llash, o`quv jarayonida o`qituvchining o`rni, roli va pedagogik faoliyatini ma’lum darajada o`zgarishiga olib keladi. O`qituvchilar tomonidan o`quv kurslari tayyorlashda faoliyat murakkablashib, maxsus malaka va usullarni hamda o`quv materiallarini tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirishni talab etadi.
Agar an’anaviy ta’lim tizimida o`qituvchi asosiy vaqtini ma’ruza o`qishga sarflagan bo`lsa, zamonaviy ta’lim tizimida o`qituvchi o`quv kursi mazmunini yangi texnologik asosda ishlab chiqishi, talabaga o`quv axborotlaridan foydalanishga yordam berishi va ta’lim oluvchi bilan faol induvidial munosabatga kirishmog`i lozim. Lekin qo`yilgan muammolarni hal qilishda ma’lum qiyinchiliklar hosil bo`ladi. Masalan, o`quv kursini yaratishda o`qituvchi o`quv fanini yaxshi bilishi hamda zamonaviy informatsion texnologiyalar sohasida ham maxsus bilimlarga ega bo`lishi zarur.
O`quv jarayonida talabalar bilan o`zaro munosabatda bo`lish ham o`qituvchiga maxsus pedagogik va texnologik malakalarni hamda zamonaviy texnikaviy vositalar bilan ishlash tajribasiga ega bo`lishini talab etadi.
Shu sababli zamonaviy informatsion texnalogiyalarga asoslangan ta’lim tizimida o`qituvchi faoliyatida mehnatni taqsimlash usulidan foydalanish zaruriyati tug`iladi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o`quv jarayonini tashkil etishda faoliyat quyidagicha taqsimlanadi:
o`quv kurslarini ishlab chiquvchi;
o`qitish usullari bo`yicha maslahatchi;
o`quv kursi materiallarini o`rganishda o`quvchilar bilan shug`ullanuvchi mutaxasis;
ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo`yicha mutaxasis.

Yüklə 256,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin