Bi1 haqida Schiever Uzbekistan’ning savdo direktori Ismael Jermen Spot’ga nima uchun Fransiyalik talaba o’zbek oilalarida yashagani, nega kompaniya mahsulotlarni o’z shaxsiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarishi
Bi1 haqida Schiever Uzbekistan’ning savdo direktori Ismael Jermen Spot’ga nima uchun Fransiyalik talaba o’zbek oilalarida yashagani, nega kompaniya mahsulotlarni o’z shaxsiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarishi, loyihaga qancha investitsiya kiritilgani va O’zbekistonda “Auchan"ning ochilishi bo’yicha rejalar haqida so’zlab berdi.
O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida O‘zbekiston chakana savdo bozorida yangi o‘yinchi — “bi1” fransuz “home market” oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i paydo bo‘ldi.
Poytaxtda allaqachon oltita do‘kon ochilgan. Yil oxiriga qadar shoxobchalar sonini 40 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar investitsiyalar taxminan ikki million yevroni tashkil etdi.
Tarmoq do’konlari 1996-yildan beri Auchan hamkori bo’lgan Schiever kompaniyasi tarkibiga kiradi.
ISHONCH do‘konlari respublikamizning deyarli barcha hududlarida mavjud bo‘lib, joriy yilda yana 20 ga yaqin do‘kon ochishni rejalashtirgan. Kuni kecha Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tarmoqning 51-filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
ISHONCH — bu maishiy texnika va uy uchun mahsulotlar mavjud bo‘lgan do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, barcha mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin. Tarmoqning birinchi do‘koni 2010 yilda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida ochilgan. Bu yilning mart oyida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘zining 12 yilligini nishonlamoqda.
Muddatli to‘lov ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining asosiy ustunligi bo‘lib, barcha mahsulotlarni 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga xarid qilish mumkin. Do‘konlarda 7000 dan ortiq mahsulot turlari mavjud.
ISHONCH kompaniyasining asosiy maqsadi qisqa vaqt ichida orzularni haqiqatga aylantirib, unga erishish uchun imkoniyat yaratib, biz mavjud bo‘lgan hududlarda aholi turmush tarzini rivojlantirish va yuksaltirishga o‘z hissamizni qo‘shishga qaratilgan.