Bu nashrlar maqsadiga, unda berilayotgan axborotning xarakteriga ko‘ra rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, kasbiy ishlab chiqarish va ma’lumotnoma nashrlariga ajratiladi. Memuar va kundalik nashrlari alohida guruhga kiritiladi. Rasmiy nashrlar— davlat organlari, hukumat tashkilotlari nomidan chiqadigan qonuniy, me’yoriy va direktiv hujjatlar. Ularning mazmuni davlat organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotlari kabi nom bilan chiqadi.

Ilmiy nashrlar — fan, texnika, madaniyatning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijasini aks ettiruvchi materiallardir. Bunday nashrlar ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichlari haqidagi, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari haqidagi axborot materiallaridan iborat, tarkibiga, mazmuni, xarakteri, ahamiyatiga ko‘ra quyidagi turdagi ilmiy nashrlar chiqariladi: fan arboblari asarlari; ko‘p jildda nashr etiladigan fan tarixiga oid asarlar; dolzarb mavzulardagi ilmiy asarlar to‘plamlari; monografiyalar; ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar materiallari va boshqalar. Ilmiy-ommabop nashrlar — fan, texnika, madaniyat sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon etgan asarlardan iborat.