Bilig ilmiy faoliyat


Jild: 03 | Nashr: 01 | Yanvar 2022



Yüklə 481,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.03.2023
ölçüsü481,47 Kb.
#124273
1   2   3   4   5
275-Article Text-559-1-10-20220203

Jild: 03 | Nashr: 01 | Yanvar 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
 
77 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 23-sentabrda yangi 
tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz ta’lim 
tizmida yangicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish uchun muhim 
dasturulamal bo‘ldi. Sababi innovatsoin pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va 
ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi , shuningdek axborot 
texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-
o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishni 
talab etadi. 
Ta’lim sifatini turli komponentlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, muayyan 
uslublar va usullarni ta’lim ta’lim jarayoniga o‘qilona tatbiq etilishini ta’minlaydi. 
Ta’limning barcha bosqichlariga oid umuniy pedagogik va didaktik talab ta’lim 
oluvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash 
samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‘quv faniga qiziqishni 
kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar 
mobaynida ular faolligini oshirishdan iboratdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni 
tahlil qilish va unga baho berish, kelajakdagi faoliyatining maqsadi va konsepsiyasini 
shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho 
berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati 
bilan belgilanadi. Boshlangich sinf o‘qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash 
ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim: 
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; 
yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. 
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi 
innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda 
bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular 
tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan 
bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va 
o‘quvchining ijoddagi hamkorligidir. 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘qituvchilarida 
innovatsion 
faoliyatga 
tayyorlik 
kompetentligi quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 
kasbiy faoliyatning ongli tahlili; 
meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 
kasbiy yangiliklarga nisbatan tayyorlik; 
kasbiga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish; 
o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini 
kasbiy faoliyatida mujassam qilish.


FTAI

Yüklə 481,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin