Atomizm – olamning asosini eng mayda bo‘linmas zarrachalar, «g‘ishtchalar» tashkil etishi haqidagi Demokrit asos solgan ta’limot.
Atomizm
Atomism
Atribut (lot. attribuo – beraman) – substansiyaning ajralmas xossasi.
Atribut
Attribute
Autentik (yunon. authentikos) – haqiqiy, asliga mos keladigan. Aforizm (yunon. aphroismos – qisqa hikmatli so‘z) – u yoki bu fikrni qisqa, aniq va ishonarli, tugallangan shaklda bayon etish. Bunday fikrlar murakkab narsalarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Biroq, aforizm formal logik nuqtai nazardan tushuncha ta’rifi bo‘la olmaydi.
Autentik
Authentic
Axloq – (arabcha, xulq so‘zining ko‘pligi; lot.moralis – qoidaga, xulq–atvorga, urf–odatga taalluqli; axloqli) kishilar orasidagi munosabatlarni muayyan tizimga solishning o‘ziga xos tartib, qoidalari yig‘indisi. Axloq – kishilar orasidagi munosabatlarning barcha tur va ko‘rinishlariga taalluqli bo‘lib, u yoki bu xatti–harakatlar, aloqa va munosabatlar haqida fikr yuritish (ularni ma’qullash yoki qoralash)dir. Axloqiy baholash jamoatchilik fikriga tayanadi. Axloq qotib qolgan qoidalar yig‘indisi emas, u inson va jamiyat hayoti davomida shakllanib, sayqallanib, takomillashib boradigan ijtimoiy jarayondir.