Axloqiy rasionalizm – aql,bilim inson axloqiy faoliyatini yaxshilikka yo‘naltiruvchi asos sifatida e’tirof etiladi.
Eticheskiy rasionalizm
ethical rationalism
Baxt – axloqiy tushuncha bo‘lib, insonning o‘z faoliyati natijalaridan, hayotda erishgan yutuqlaridan to‘la qoniqishi, orzu-umidlarining ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi.Falsafa tarixida inson hayotining ma’nosini baxtga erishish, deb bilgan ta’limot evdemonizm deb atalgan.
Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topgan, burch va mas’uliyatini anglagan bo‘lishi; o‘z tafakkuri, faol yaratuvchilik mehnati, ezgu amallarini shaxsiy orzu-umidlarining ushalishigagina yo‘naltirib qolmasdan, balki o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri, uning ravnaqi bilan ham uyg‘unlashtirgan bo‘lishi kerak.
Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatniifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Znak
Sign
Bioetika – hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri. B. inson hayotini eng oliy etikaviy qadriyat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, inson hayotini saqlash muammosini – yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida B. tirik mavjudotlar, shu bilan birga insonga ham bo‘lgan munosabatlarning etika regulyativi, deb qaraladi.Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil etish asosida tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik B.ning madaniy negizini tashkil etadi. B. sotsial masalalalar bilan birgalikda qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi.