Biogeotsenoz (yunon. bio – hayot, ge – Yer, koinos – umumiy) – tarkibini modda va energiya almashinuvi asosida o‘zaro bog‘langan organizm va noorganik omillar tashkil etuvchi murakkab tabiiy tizim.
Biosfera'>Biogenesoz
biogeocoenosis
Biosfera (yunon. bios – hayot va sphaira – shar) – tirik tabiat; biosferaning tuzilishi va mazmuni barcha tirik organizmlar, shu jumladan insonning o‘tmishdagi va hozirgi davrdagi faoliyati bilan belgilanadi.
Biosfera
Biosphere
Borliq – mavjud barcha narsalarni qamrab oluvchi eng keng falsafiy kategoriya.
Bitie
Being
Butun va bo‘lak – ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning o‘zaro aloqasi, predmet va ularning elementlari o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatuvchi falsafiy kategoriya.
Selostnost i chast
Integrity and part
Vaqt – materiya mavjudligining asosiy ob’ektiv shakllaridan biri bo‘lib, birini o‘rnini boshqasi egallovchi holatlarni va ularning davomiyligini aks ettiruvchi munosabatlar majmuidir. Vaqt tushunchasida ob’ektlarga xos bir o‘lchamlik, bir jinslilik,orqaga qaytarilmaslik kabi xususiyatlar aks etadi. Vaqtning orqaga qaytarilmaslik xususiyati deganda, uning o‘tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka o‘tib borishi va betakrorligi tushuniladi.