Fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda o’z-o’zini anglash va to’g’ri fikrlash ko’nikma va malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi:
falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali tizimli, kreativ fikrlash, hayotda o’z o’rnini topish;
jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish;
Falsafada tadqiqot metodlari va ular bilan bog‘liq malakalar bilan tanishtirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat. Zamonaviy jamiyatlarda falsafaning o‘rni va roli. Rivojlanish istiqbollarini ochib berish tasavvurga ega bo‘lishi; Tarixiy-qiyosiy metod asosida talabalarga chet el va diyorimizda yillar davomida shakllangan falsafani o‘ziga xos tomonlari haqida tushuncha shakllantirish.