2-mavzu: Falsafani taraqqiyot bosqichlari.
Reja
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi.
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti.
Sharq falsafasi va uyg’onish davri.
Temuriylar davri falsafiy fikr taraqqiyoti.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy fikrlar.
Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi.
Ilk o’rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
Uyg’onish davri falsafaiy tafakkuri rivojlanishining asosiy xususiyatlari.
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo’nalishlari.
Tayanch tushunchalar
Asotir tafakkur, Qadimgi Misr, Bobil, Tavrot, Uyg’onish davri, Sharq renessansi, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, tasavvuf falsafasi, temuriylar davri, gumanizm, Alisher Navoiy, Jomiy, jadidchilik, Qadimgi Yunon, Qadimgi Rim, Suqrot, Milet maktabi, Eley falsafasi, Demokrit, Aflotun, Arastu, g’oyalar va soyalar dunyosi, sxolastika, patristika, dualism, realism, Avgustin Avreliy, foma Akvinskiy, uyg’onish davri, Renessans, Gegel, Bekon, Dekard, Yum.
Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Dostları ilə paylaş: |