Zakon dostatochnogo osnovaniya
|
law of sufficient reason
|
Zaruriyat – narsa va hodisalarning mohiyatini belgilovchiichki, muhim, turg‘un bog‘lanishlarni; muayyan sharoitda ularning muqarrar ravishda kelib chiqishini aks ettiruvchi falsafiy kategoriya. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv qonunlar shaklida namoyon bo‘ladi. Zaruriyat tasodif kategoriyasi bilan uzviy bog‘liq. Narsa yoki hodisalarning mohiyatidan kelib chiqmaydigan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa tasodif deyiladi.
|
Neobxodimost
|
Necessity
|
Ibn Sino (980-1037)– sharq axloqshunosligining buyuk namoyandasi. Mutafakkir axloqni amaliy falsafa doirasiga kiruvchi nazariya sifatida tushungan. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari uning «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola»,«Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqidagi kitob» asarlarida bayon etilgan. Ibn Sino asarlarida adolat, shijoat, iffat, himmat, saxiylik, qanoat, sadoqat, hayo, kamtarlik kabi axloqiy fazilatlarga; shuningdek ularning muqobili bo‘lgan: o‘g‘rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, bo‘hton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi axloqiy illatlarga ham ta’rif bergan. Mutafakkir inson taqdirini, baxtini uning qilmishlari belgilaydi degan g‘oyaniilgari surgan.
|
Ibn Sino
|
Ibn Sina
|
Ideal – (fran. ideal, lot. idealus qiyofa, mezon, mukammallik) – orzu-intilishning oliy maqsadi; u yoki bu narsa, hodisaning eng yaxshi, eng qadrli, eng mukammal holati. Xususan, komil inson qobiliyatlariniifodalovchi, namuna.
|
|
Dostları ilə paylaş: |