6.“Ravshan” dostonida “tumoq” deb nomlanuvchi kiyim turi haqida ma’lumot bor. Bu qanday kiyim turi va u ko`proq qaysi hayvon terisidan tikiladi?
A) po`stin, bo`ri terisidan B) oyoq kiyim, ho`kiz terisidan
C) telpak, suvsar terisidan D) bosh kiyim, tulki terisidan
7.Hamoyil nima va uni taquvchi “ go`zal qizlar, yosh kelinlar” qaysi asarda uchraydi?
A) tumor, Cho`lponning “Binafsha” she’rida
B) bezaktosh , Cho`lponning “Buzilgan o`lkaga” she’rida
C) ko`zmunchoq, Xalq og`zaki ijodining “Ravshan” dostonida
D) tilla zirak, Miretmirning “Toshbu” she’rida
8.“Hajvi ahli rasta” asarida Zavqiy kim bilan “oshnolig`i” borligini va yana kim bilan Qorako`lga handalak yegani borganini oshkor etadi?
A) Qori sumalak, Nusrat B) Abduqodir, Nazirbek
C) Nusrat, Qosim oxund D) Hoji Hasan, Muhiddin
9. Quyidagi qo`shimchalarning qaysi birlari sifatdosh va harakat nomlari tarkibida kelganda harakat bajaruvchisining shaxsi bilan birgalikda sonini ham bildiradi? 1. –i 2. –ni 3. –lari 4. –gan 5. –san 6. –m 7. –di
A) 2,4,5,6 B) 1,3,6 C) 1,3,7 D) 3,5,6,7
10. Shaxs va sonda o`zgarish qiladigan qo`shimchalar ismlarga qo`shilganda qanday hodisa yuz beradi?
A) tuslanish yuz beradi. B) otlashish hodisasi yo`qoladi.
C) turlanish yuz beradi. D) hech qanday hodisa yuz bermaydi.
11. Qanday qonuniyatga amal qilsa ko’makchi ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil qiladi?
A) ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning oxirgi bo`g`iniga urg`u tushsa.
B) ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning birinchi bo`g`iniga urg`u tushsa.
C) ko`makchi bilan birga kelgan yordamchi so`zning oxirgi bo`g`iniga urg`u tushsa.
D) bilan, uchun ko`makchilari –la, -chun tarzida qo`llansa.
Dostları ilə paylaş: |