14. “Bo`l” radifli g`azalining 3-baytida qo`llangan tazod san’atiga oid so`zlarni belgilang.
A) “men” va “kim” B) “vayron” va “obod”
C) “shisha” va “po`lat” D) “o`lmak ” va “tirilmak”
15. Quyidagi qaysi g`azalda lirik qahramon yor g`amida qariganligini ta’kidlaydi?
A) “Bu kechar jahonda, soqiy, chu emas vafo nishoni” g`azalida
B) “Holiyokim, davri ishrattur iliktin jomni” g`azalida
C) “To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen” g`azalida
D) “Sho`x ikki g`izolingni noz uyqusidin uyg`at” g`azalida
16. G`afur G`ulomning “Sog`inish” she’ridagi qaysi misralar Mirzo Abdulqodir Bedilning “Maqomi zolim oxir…” deb boshlanuvchi misralardagi ma’noga tenglashtirilgan?
A) Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas,
Shunchalar mustahkam xonai xurshid
B) Doimo umidim bardam bo'lsa ham,
Ba'zan vasvasalar bosar dilimni
C) Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
D) Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush
Albatta, yetadi o'zin boshiga...
Dostları ilə paylaş: |