2. Noto`g`ri ta’rif qaysi qatorda berilgan?
A) III shaxsda zamon qo`shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
B) –ish qo`shimchasi rang-tus sifatlariga qo`shilganda ozaytirma daraja hosil bo`ladi.
C) qatorasiga so`zi holat ravishi hisoblanadi.
D) aniq otlar ta’kidlash ma’nosini ifodalash uchun –lar qo`shimchasini olishi lozim.
3. Jamlik ma’nosini ifodalaydigan qo`shimchalar qo`shilmaydigan son ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Axir o`n ikki yashar ukasini ko`rmaysizmi, shu yoshda uloq chopmoqchi?
B) Uch nevarasini yetaklagan Anzirat buvi qishloq oqsoqolining oldiga bordi.
C) Fudbol o`yinida hisob 3:1 bo`lib, O`zbekiston terma jamoasi g`alaba qozondi.
D) To`rtko`z bizdan o`n qadamcha narida yugurgilab ketayotgandi.
Dostları ilə paylaş: |