XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.