kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o`ziga xos bo`lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o`rganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim.
Bilish ob’ekti. Тadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy bo`lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib o`lkan galaktikagacha bo`lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o`ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.