Bilish falsafasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/4
tarix18.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#127112
1   2   3   4
Bilish falsafasigkjgdsgngngnsogn

Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Тabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga kelgandir. Тadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
  • Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
  • Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin