Bilish jarayonlari (kognitiv jarayonlar) psixodiagnostikasi Xotira psixodiagnostikasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə2/3
tarix04.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#138081
1   2   3
6-мавзу билиш жараёнлари

Baholash natijalari

  • Tezkor eshitish xotirasi ko‘rsatkichi katta to‘plamdan 6 ta so‘zni topishi uchun ketgan o‘rtacha vaqtga qarab aniqlanadi. O‘rtacha vaqtni topish uchun bola topshiriqni bajarishga sarflagan umumiy vaqt 4 ga bo‘linadi.
  • O‘rtacha vaqtni xatolar soniga bo‘lib, 1 qo‘shilsa, operativ eshitish xotirasi hajmi aniqlanadi. Noto‘g‘ri topilgan topa olinmagan so‘zlar xato hisoblanadi.

Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganish

  • R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 7–14 yoshli bolalar va kattalarning ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat (6-jadval).
  • Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko‘rish xotirasi o‘rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o‘qib bergan so‘zlarni – predmetlarning nomlarini eshitib, esda olib qolish qobiliyati o‘rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o‘tkazilmaydi, bu esa xotiraning o‘rganilayotgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi.
  • Tajriba o‘tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so‘zlar to‘plami – 2 - qatorda kerak bo‘ladi. Ko‘rish xotirasi o‘rganilayotganda quyidagi qo‘rsatma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‘rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasiz». Rasmlarning har biri 2 soniya ko‘rsatiladi. 10 soniya tanaffusdan so‘ng sinaluvchi predmetlarni aytadi. Eksperimentator to‘g‘ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo‘q bo‘lgan qo‘shib qo‘yilgan predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasini boshqa kuni, so‘zlar qatori bo‘yicha tajribalar ham boshqa kunlari o‘tkaziladi.

Piktogramma metodi

  • Bayram Ko‘zi ojiz bola Taraqqiyot
  • Mehribon buvi Qorong‘u tun G‘amgin
  • Urush Og‘ir ish Hokimiyat
  • Qattiqqo‘l o‘qituvchi Sovqotayotgan qiz Qo‘rqinch
  • Qorni och odam Bemor ayol Do‘stlik
  •  

Xayolni diagnostika qilish metodlari

  • Nutqiy fantaziya» metodikasi
  • Bolaga biror jonli mavjudot (odam, hayvonlar) haqida (bolaning xohishiga ko‘ra) hikoya tuzish va uni so‘zlab berish topshirig‘i beriladi. Buning uchun bolaga 5 daqiqa vaqt ajratilib, shundan 1 daqiqasi hikoya, ertakni o‘ylab olishi uchun beriladi.
  • Bola hikoyani so‘zlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi.
  • 1. Xayol jarayonining tezligi.
  • 2. Obrazlarning o‘ziga xosligi, originalligi.
  • 3. Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
  • 4. Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
  • 5. Obrazlarning hissiy - ta’sirchanligi.
  • Yuqoridagi belgilarning hikoyada aks etganligiga qarab, har biri 0 balldan 2 ballgacha baholanadi.
  • “Nutqiy fantaziya” metodikasi uchun bayonnoma

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin