Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtirish



Yüklə 43,9 Kb.
səhifə1/6
tarix22.09.2023
ölçüsü43,9 Kb.
#129256
  1   2   3   4   5   6
BILISH VA BOSHQARISH JARAYONLARIDA MODELLASHTIRISH


BILISH VA BOSHQARISH JARAYONLARIDA MODELLASHTIRISH
Reja:



  1. Model tasnifi.

  2. Tizimli tahlilda modellashtirish.

  3. Moddelashtirish jarayonining bosqichlari

1. Model tasnifi.
“Model” atamasi o’ta ko’p sonli talqinlarga ega. Eng umumiy ko’rinishda biz modelning quyidagi ta’rifiga tayanamiz. Model – bu asliyat (prototip) bilan o’xshashlikka ega bo’lgan va asliyatning hatti-harakatini tasvirlash va/yoki izohlash va/yoki bashoratlash vositasi bo’lib xizmat qiladigan ob’ektdir.
Asliyatning barcha xossalarini emas, balki tadqiqot uchun ahamiyatli bo’lgan soddalashtirilgan qiyofasini berish modelning eng muhim sifatidir.
Murakkab tizimlar bajariladigan jarayonlar (vazifalar), tuzilma hamda zamondagi xatti-harakati bilan xususiyatlanadi. Ushbu jihatlarni munosib tarzda modellashtirish uchun axborotlashgan tizimlarda bir biri bilan kesishuvchi funksional, axborotlashgan va hatti-harakat modellari farqlanadi.
Tizimning funksional modeli tizim tomonidan bajariladigan vazifalar majmuini tasvirlaydi, tizim morfologiyasini (uning tuzilishi) -funksional tizimchalar tarkibi, ularning o’zaro aloqalarini xususiyatlaydi.
Axborotlashgan model tizimning ma’lumotlar tuzilmasi (tarkibi va o’zaro aloqasi) ko’rinishidagi unsurlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Hatti-harakat (hodisaviy) modeli axborotlashgan jarayonlarni (faoliyat ko’rsatish sur’atini) tasvirlaydi, unda tizimning holati, hodisa, bir holatdan boshqasiga o’tish, o’tish sharti, hodisalar izchilligi singari kategoriyalar mavjuddir.
Murakkabligi, katta moddiy harajatlar talab qilishi, mislsizligi, tajriba o’tkazishning davomiyligi singari qator sabablarga ko’ra tabiiy tajribalar o’tkazishning imkoni bo’lmagan tizimlarda modellashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, “tinch zamonda urush qilib bo’lmaydi”, tizimlarning ayrim turlarini tabiiy sinovdan o’tkazish ularni bo’zish bilan bog’liq bo’lishi mumkin, boshqaruvning murakkab tizimlarini tajribada tekshirib ko’rish uchun o’zoq vaqt zarur va h.k.
Modellar qo’llaniladigan uch asosiy sohani: o’qitish, ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv tizimlarini ajratib ko’rsatish mumkin. O’qitishda modellashtirish yordamida turli ob’ektlarni aks ettirishning yuksak ko’rgazmalilik darajasiga erishiladi va bular haqidagi bilimlarni etkazib berish osonlashadi. Bular asosan tizimni tasvirlash va izohlashga imkon beradigan modellardir. Ilmiy tadqiqotlarda modellar nazariya va amaliyot rivojini ta’minlagan holda yangi axborotni qayd qilish va tartibga solish imkonini beradi. Boshqaruvda modellar qarorlarni asoslash uchun qo’llaniladi. Bunday modellar tizimlarni ham ta’riflashni, ham izohlashni, ham ularning hatti-harakati oldindan aytilishini ta’minlashi lozim.
Qora quti” modeli. Tizim tarkibi modeli. Tizim tuzilmasi modeli.
Tizimni tasvirlashning eng sodda va mavhum darajasi “qora quti” modelidir. Mazkur holatda ajratib olingan tizim muhit bilan kirish va chiqishlar majmui bilan bog’liqligi faraz qilinadi. Modelning chiqishlari tizim faoliyati natijalarini, kirishlar esa zahiralar va cheklanishlarni tasvirlaydi. SHu asnoda tizimning ichki mazmuni to’g’risida biz xech narsa bilmaymiz va bilishni istamaymiz deb taxmin qilinadi. Model bu holatda uning ikki muhim xossasi: yaxlitligi va muhitdan alohidaligini aks ettiradi.
“Qora quti” ichki tuzilmasini yanada mayda qismlarga (tizimchalar, alohida unsurlarga) parchalash tizimlar tarkibi modelini yaratishga imkon beradi.
“Qora quti” modeli osonligi va soddaligi bulardan foydalangan holda ko’plab amaliy vazifalarni hal qilishga imkon beradi. SHu bilan birgalikda tizimlarni yanada batafsilroq (chuqurroq) o’rganish uchun tarkib modelidagi unsurlar va tizimchalar o’rtasidagi munosabatlarni (aloqalarni) aniqlab olish zarur. Unsurlar o’rtasidagi maqsadiga erishish uchun zarur va etarli bo’lgan munosabatlar majmui orqali tizimni tasvirlashni tizim tuzilmasi modeli deyiladi.
Masalan, tizim tuzilmasi modeliga misol sifatida tashkiliy-iqtisodiy tizimga bo’lgan korxonani olaylik. Uning atrof-muhitida bu muhitga o’ta muhim ta’sir ko’rsatuvchi omillar: ijtimoiy bozor xo’jaligi, siyosiy va ijtimoiy tuzilma, ekologiya, tizimga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi innovatsion texnologiyalar ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari korxona o’zaro hamkorlik qiladigan yuqori turuvchi va quyi turuvchi tashkilotlar shuningdek tizim kirishiga kelib tushadigan zahiralar va chiqishda vujudga keladigan yakuniy mahsulot ajratib ko’rsatiladi.
Model xususiyatli alomatlariga (signaturasi) ko’ra modellashtirishning quyidagi: aniqlovchi va bashoratlovchi, turg’un va harakatchan, uzuq-uzuq va uzuq-uzuq-uzluksiz turlari mavjud.
Model va modellashtirish qaror qabul qilish jarayonida juda muhim rol uynaydi. Amaliyotda boshqaruvda foydalanilayotgan juda ko’p modellar murakkabdir, lekin modellashtirish mazmuni judda sodda. Modellashtirish ishlab chiqarish jarayoni bulib, ma’lum bir modelning qo’llanilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotda va boshqaruvda modellashtirishni qo’llanilishiga sabab, bir tomondan iqtisodiy xarakterdagi tajribalarni o’tkazish narxi juda qimmatligi yoki o’zini qoplamaydi, va boshqa tomondan turli vaqt momentlarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda muammoli vaziyatlarni holatlari qaytarib bo’lmasiligidadir.
Model atamasiga turli mualliflar tomonidan berilgan ta’riflarga ko’ra, iqtisodiy matematik model haqiqatga yaqin, modellashtirilayotgan obektning bog’lanishlari va xususiyatlarini aks etishi kerak.
Model qo’yidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Boshqaruv ob’ekti xususiyatari va strukturasiga mos bo’lishi;

  2. Modelning qaror vabul qiluvchi shaxsning talablariga va boshqaruvda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalariga moslashtirilganligi;

  3. Model asosida o’tkaziluvchi modellashtirish metodlari va tajribalarini o’tkazish talablari va imkoniyatlariga mosligi;

  4. Echilayotgan boshqaruv masalasi talablariga mosligi.

Iqtisodiy matematik model aniq bir strukturaga ega bo’lib, asosiy elementlari qo’yidagilar:

  1. qaror qabul qilish holati;

  2. qaror qabul qilish vaqti;

  3. echim uchun zarur resurslar;

  4. qaror qabul qiluvchi shaxs yoki tashkilotning resurslari;

  5. boshqariluvchi omillar tizimi;

  6. boshqarib bo’lmaydigan omillar tizimi;

  7. boshqariluvchi va boshqarib bo’lmaydigan omillar o’rtasilagi bog’lagishlar tizimi;

  8. alternativ echimlar tizimi;

  9. qabul qilingan qarorlarni baholash uchun parametrlar tizimi (baholash tizimi).

2. Tizimli tahlilda modellashtirish.
Tizimli tahlilning ajralmas qismi modellashtirish bo’lib, bu modelni yaratish, uning xossalarini o’rganish va olingan ma’lumotlarni modellashtirilayotgan tizimga o’tkazishni o’z ichiga oluvchi muayyan tizimni tadqiq qilish jarayonidir. Muayyan tizim xatti-harakatini tasvirlash, izohlash va bashorat qilish modellashtirishning umumiy vazifalaridir.
Oqilona yoki oqilonaga yaqin echimlarni (qarorlarni) topish, echimlarning samaradorligini baholash, tizimning xossalarini (o’zgarishlarga ta’sirchanligi, xususiyatlarning ahamiyati va h.k), aniqlash, tizim xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatish, axborotni ko’chirib o’tkazish modellashtirishning asosiy maqsadlari bo’lishi mumkin.

Yüklə 43,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin