Aniqlovchi modellashtirish tasodifiy ta’sirlar mavjud bo’lmasligi faraz qilinadigan jarayonlar va hodisalarni aks ettiradi. Bashoratlovchi modellashtirish ehtimoliy jarayonlarni hisobga oladi. Turg’un modellashtirish ob’ektning vaqtning qayd qilingan davridagi holatini tasvirlash uchun xizmat qilsa, harakatchan modellashtirish zamondagi ob’ektni tadqiq qilish uchun xizmat qiladi. SHu asnoda o’xshash (uzluksiz), o’zuq-o’zuq va aralash modellar bilan ish ko’riladi.
Xususiy alaomatlariga ko’ra amalga oshirilishi shakliga bog’liq holda modellashtirish tafakkurdagi va aniq modellashtirishlarga tasniflanadi.
Vaqtning belgilangan davri oralig’ida model amalga oshirish imkoni bo’lmagan yohud ularni jismonan yaratish uchun sharoit mavjud bo’lmaganda (masalan mikroolam yaratish) tafakkurda modellashtirish qo’llaniladi. Aniq tizimlarni tafakkurda modellashtirish ko’rgazmali, ramziy va matematik modellashtirish ko’rinishida amalga oshiriladi. Modellashtirishning mazkur ko’rinishini funksional, axborotli va hodisali taqdim etish uchun vositalar va usullarning ko’plab miqdori ishlab chiqilgan.
Ko’rgazmali modellashtirishda kishining aniq ob’ektlar to’g’risidagi tasavvuri asosida ob’ektda kechayotgan hodisalar va jarayonlarni aks ettiruvchi ko’rgazmali modellar yaratiladi. O’quv plakatlari, rasmlar, chizmalar, diagrammalar ana shunday modellarga misoldir.
Gipotetik (farazlovchi) modellashtirish asosida tadqiqotchining ob’ekt to’g’risidagi bilim darajasini aks ettiruvchi va o’rganilayotgan ob’ekt kirishi va chiqishi o’rtasidagi sabab- oqibat aloqalariga tayanadigan aniq ob’ektdagi jarayon kechishi qonuniyatlari to’g’risidagi faraz qaror topadi. SHakliy modellarni yaratish uchun ob’ekt to’g’risidagi bilimlar etarli bo’lmaganda modellashtirishning ushbu turidan foydalaniladi. O’xshash modellashtirish turli darajalardagi o’xshashliklarni qo’llashga asoslanadi. Bir muncha sodda ob’ektlar uchun to’liq o’xshashlik eng yuqori darajadir. Tizim murakkablashib borgan sari o’xshash model ob’ekt amal qilishining bir necha (yoki faqat birgina) tomonini aks ettiruvchi navbatdagi darajadagi o’xshashliklardan foydalaniladi. Muayyan ob’ektda kechayotgan jarayonlarni jismoniy modellashtirish imkoni bo’lmaganda yoki
modellashtirishning boshqa ko’rinishlarini o’tkazishdan oldin keladigan holatda maketlashtirish qo’llaniladi. Tafakkurdagi maketlarni yaratish asosida ham odatda ob’ektdagi hodisalar va jarayonlar o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalariga tayanuvchi o’xshashliklar joylashadi.