Bilish va uning shakllari



Yüklə 36,09 Kb.
səhifə3/3
tarix02.11.2022
ölçüsü36,09 Kb.
#118893
1   2   3
Bilish va uning shakllari

Bilish va axborot. Keyingi yillarda «Axborot», «Axborot- lashgan jamiyat», «Informatsion portlash» tushunchalari tez-tez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yo‘lidagi urinishlarning natijasi bo‘ldi. Asrimizning o‘rtasida paydo bo‘lgan bu vosita shiddatli rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bo'lgan bo‘lsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyil maqom qilib uddalaydi. Kishilarning paydo bo‘lgan yangi kitoblarning aksariyatini jismonan o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib chiqarayotgan oqibatlarning bir ko‘rinishi xolos.Masalaning yana bir jihati borki, bu inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy eskirishi, keraksiz bo‘lib qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati tobora tezlashib bormoqda. Ayni paytda, bilish mohiyatini anglash insonning o‘zligini, yashashdan maqsadi, hayotining ma’no-mazmuni kabi masalalarni chuqurroq tushu- nishga yo‘l ochadi. Bu bilish va u bilan bog‘liq masalalar har bir inson hayotida nihoyatda muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Yüklə 36,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin