Bilish va uning shakllari



Yüklə 36,09 Kb.
səhifə1/3
tarix02.11.2022
ölçüsü36,09 Kb.
#118893
  1   2   3
Bilish va uning shakllari


Bilish va uning shakllari. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim orin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi.Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turi- dir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Bilishning ikki shakli: kundalik bilish va nazariy bilish bir-biridan farqlanadi.Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir.
Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajra- tiladi.

Yüklə 36,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin