Bilish va uning shakllari



Yüklə 36,09 Kb.
səhifə2/3
tarix02.11.2022
ölçüsü36,09 Kb.
#118893
1   2   3
Bilish va uning shakllari

Bilish subyekti.Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchi olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi.
Bilish va til.Til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’iy nazar faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bog'liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma’no mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga hлооam bog‘liq bo‘ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qo‘llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini ta’minlaydigan. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlar- ning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb et- moqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko‘rsatmoqda
Bilish va o‘z-o‘zini anglash. Inson voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga ham ega.O‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin.

Yüklə 36,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin