Gidrogeologik jarayonlar(A3), bu erda A31–er va qor ko‘chkilari; A32- siljish jarayoni; A33- karst jaryoni; A34 - o‘pirilishlar; A35 - sizot suvlarining ko‘tarilishi, sho‘rlanish darajalari; A36 - erning eroziyasi, jarliklar paydo bo‘lishi, rivojlanishi...
Ta’sir qiluvchi muhit (A4), bu erda A41- biologik zararkunandalar; A42- fizik ta’sirlar-adashgan toklar; A43- kimyoviy ta’sirlar; A44- fizik-kimyoviy ta’sirlar; A45- havodagi gazlar.
Boshqa turdagi tabiiy va texnogen ofatlar (A5), bu erda A51-yong‘inlar; A52- suv bosishi; A53- vulqon otilishi; A54- kuchli shamollar va tufonlar; A55- shovqin va tovushlar; A56- radio va elektromagnit tulqinlar ta’siri va h.k.
Texnologik (funksional)ta’sirlar (A6), bu erda A61- yuklar (doimiy, vaqtinchalik, qisqa muddat ta’sir etuvchi…); A62- gruntning bosimi; A63- texnologik jarayonlar (zarblar, titrashlar, edirilish…); A64- yuqori haroratning tebranishi; A65-yuqorinamlik (texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan) ta’siri va h.k.
Markaziy Osiyo hududlarida bino uchun A1– iqlimning salbiy ta’siri muhimdir. Bu kunlik, mavsumiy va yillik haroratning tebranishi natijasida gruntning, qurilish materialining muzlash-erish sikllari sonining ko‘pligi bilan izohlanib, binolarda jismoniy eskirish jadalligini keskin oshiradi. Bu omillar ba’zi tadqiqotchilar ishlarida o‘rganilgan.
Dinamik ta’sirlar5e – A2 konstruksiyani muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib kelib, bu jarayon asta-sekin (siklik ta’sirlar, titrashlar ta’sirida) charchash ko‘rinishda va favquloda, masalan, kuchli zilzila ta’sirida sodir bo‘lib, konstruksiyada, binoda jismoniy eskirish jarayonini tezlatadi.
Gidrogeologik jarayonlar – A3 juda xilma-xil bo‘lib, ularning ta’siri shaharsozlik masalalarida juda muximdir. Ko‘chkilar, er massasining siljish jarayonlari, erning eroziyasi tufayli paydo bo‘ladigan jarliklar, karst jarayonlari va o‘pirilish hodisalari geologik jarayonlar toifasiga kirib, shaharsozlikda noqulay hududlarni yuzaga keltiradi, bosh rejani ishlashda ularga alohida e’tibor qaratilishi talab qilinadi. Ularni oldini olish maqsadida turli injenerlik-texnik tadbirlardan foydalanish talab qilinadi. Bunday xavf mavjud hududlarda nafaqat loyiha jarayonida, balki binolar, dahalar, turar-joy tumanlarini, ularni ta’minlovchi injenerlik tarmoqlarini samarali ekspluatatsyasida ham doimiy omil sifatida nazoratda tutiladi.
Sizot suvlari sathining respublikamiz hududlarida so‘nggi 30 yildagi ko‘tarilishi holati, ularning tarkibidagi sho‘r – ishqorli muhitni yuzaga keltirib, qurilish fondining jismoniy eskirishida ko‘zga ko‘rinmaydigan ofatga aylangan [15,68].
Bino konstruksiyalarining ekspluatatsion ishonchligiga sezilarli darajada muhit (A4) ham ta’sir qiladi. Ma’lumki fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik muhitlar e’tirof etilgan. Muhit uning konstruksiyalarga ta’siri darajasiga nisbatan faol bo‘lmagan, kuchsiz, o‘rta faollikdagi va tajovuzkor turlarga ajratilgan.
Atmosfera ifloslanishining asosiy manbalari sifatida yoqilg‘ilarning yonishi natijasi bo‘lib, ularning mahsuloti sifatida sulfat angidrid (SO2), karbonat angidrid (SO2) kabi gazlardir. Quyosh ta’sirida SO2oksidlanib, sulfat angidrid SO3ga aylanib, u namlik ta’sirida qurilish materialllari uchun eng tajovvuzkor kislotalardan biri bo‘lgan N2SO4 ga aylanadi.
Tosh va beton konstrukiyalarni asta-sekinlik bilan buzilishga olib keluvchi ba’zi lishaynik va quziqorinlar o‘zlaridan konstruksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘tkir moddalar ajratadi.
YOg‘och konstruksiyalari ma’lum bir haroratda, namlik (23-25%)da va boshqa omillarda egilishga, biologik (turli parazitlar, mog‘orlar) turdagi shikastlanishga moilligi ortadi.
Metallning chidamliligi undagi zanglash va korroziyalanishning tezligi (kesim yuzaning vaqt birligida kamayishi) bilan aniqlanadi. O‘rtacha tajovuzkor muhitda o‘rtacha 0,1 mm/yil tezlikdagi korroziya 25 yilda material kesimini taxminan 5% ga kuchsizlantiradi. Xudddi shu vaqt ichida tajovuzkor muhitda bu ko‘rsatkich 20-25% ga etadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Faradey qonuni bo‘yicha hisoblar asosida bir yilda 1A tok kuchita’siridagi konstruksiyada 9.12 kg temir, 33.8 kg qurg‘oshin va h.k.larni olib ketadi (eritadi). Adashgan toklar konstruksiya bilan o‘zaro ta’sirlashish natijasida boshqa turdagi korroziyalarga nisbatan ularni tez buzilishiga olib keladi. Konstruksiyalar qurilishidan 5-6 oy utgach adashgan toklar ta’sirida ular buzila boshlagan (tuproq korroziyasi ularni 2-3 yilda buza boshlaydi).
Boshqa turdagi tabiiy va texnogen ofatlar, ta’sirlar A5 sifatida avvalombor, yong‘inlar va suv bosishi eng ko‘p tarqalgan tabiiy va texnogen ofatlar sirasiga kiradi va iqtisodiyot tarmoqlariga juda katta zarar keltiradigan omillardir.
Texnologik ta’sirlar – A6 esa ko‘proq sanoat binolari uchun taaluqli bo‘lib, bu ishlab chiqarish texnologiyasining tafsilotlari bilan bog‘liqdir. KKUda mazkur omil xona shinamligi (issiqlik-namlik maromi) ning buzilishi, (bu chordoq yoki tekis tomli binolarning yuqori qavatlarida haroratning yozda qizib ketishi, erto‘la xonalarida yuqori namlik maroimining davomiy saqlanishi kabi holatlar ko‘proq kuzatiladi), birinchi qavat va erto‘la xonalaridan noturar-joy sifatida qonun ruxsat bermagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (shovqin darajasi, issiqlik –namlik maromi, havoning ifloslanishi), yuk kutaruvchi konstruksiyalarning o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kabi holatlarda tasniflidir.