Rebinder asbobni ishlitish. Havo haydovchi sistema uch yo'lli “kran orqali atmosferaga ulanadi va vintni orqaga aylantirib” shpritsga havo olinadi. Idishcha (1)ga, uning ichiga tushirilib ko'yilgan maxsus naychaning (2) uchi tegadigan miqdorda, distillangan suv quyiladi. So'ngra uch yo'lli kran (4) shunday holatga keltariladiki, asbobning ichki hajmi shprits ichki hajmi bilan ulanib, atmosfera ajralib qolsin. Manometrdagi suyuqlik sathi esa nol belgilalsin. Vintni sekinlik bilan oldinga aylantirib, oshib boruvchi bosim hosil qilinadi. Bosim kapillyar uchida havo pufakchasi paydo bo'lib, to u erilmaguncha oshirilib boriladi-da, pufakcha yorilgan paytda to'xtatilkdi va shu paytga mos keladigan havo bosimi manometrda qayd etiladi. Shu xildagi o'lchov ishlari (har qanday suyuqlik uchun) kamida uch marta takrorlanib, qayd etilgan kattalliklarining o'rtacha arifmetik qiymati hisoblab topiladi.
Asbobdoimiyligini aniqlash. Asbob doimiyligini (k) aniqlash uchun sirt tarangligi ma'lum bo'lgan suyuqliqlardan foydalaniladi.
2.1-jadval