Eritma ustidagi bug' bosimi (zichligi)ning o'zgarishga asoslangan metod.
Rayl qonyniga binoan, elektrlitmas eritma ustidagi bug' bosimining nisbiy kamayish, erigan modda molyar kontsentratsiyasiga to'g'ri proportsianaldir, ya'ni
by erda: P0- erituvchi ustidagi bug' bosimi; P - eritma ustidagi bug' bosimi; N - sof eritmaning mol soni; n- erigan modda mol soni.
Bordiyu, N>n bo'lsa, u holda mahrajdagi n- ni inobatga olmay,
Mazkur tenglamaga ko'ra, bug' bositmining nisbiy kamayishi erigan moddaning molyar kontsentratsiyasiga bog'liq bo'lib, eritma ustidagi bug' bosimi erityvchining molyar kontsentrasiga proportsianaldir. Boshqacha aytganda, erituv-chi ustidagi bug' bosimi hamma vaqt eritma ustidagi bug' bosimidan katta bo'ladi. Quyida kelgirilgan Bardjer-Rast metodi eritmalar, umuman biologik suyuqliklarga kontsentratsiyalarini aniqlashda ishlatiladigan metodlardan bo'lib, u yuqorida bayon etilgan erituvchi bilan eritma ustidagi bug’ bosimlarining turlicha bo'lish hodisasiga asoslangan.
Bardjer-Rast metodiga binoan, tekshirilayotgan eritmaning kotsentratsiyasi ma'lum eritma bilan taqqoslash orqali topiladi. So'ngra topilgan kontsentratsiya katgaligini Vant-Goff tenglamasiga qo'yib, eritmaning osmotik bosimi hisoblab topiladi.Mazkur metodning afzalligi shundaki, u odatdagi haroratda kam hajmli suyuqliklarning osmotik bosimlarini o'lchash imkonini beradi.
Berilgan eritma yoki biologik suyuqlikning konttsentratsiyasini aniqlash uchun uzunligi 4-5 sm, diametri tahminan 1 mm shisha kapillyar olinib, unga soat oynachalari yoki tigilchaga quyib, qo'yilgan eritma (biologik suyuqlik) olinadi, kapillyarning ikkinchi tomoniga kontsentratsiyasi ma'lum bo'lgan, masalan, natriy xlorid eritmasi olinadi. Bunda shu narsaga e'tibor berish kerakki, kapillyarga olingan suyuqliklararo 0,5-1,0 sm kattalikka ega havo pufakchasi qolishi shart. Shu tarzda tayyorlab olingan kapillyar filtr qog’oz bilan artiladi va okulyar mikrometri bo'lgan mikroskopning predmet stolchasiga joylashtiriladi.
Kapillyardagi suyuqliklar minisklaridan biri mikroskop ko'rish maydoniga kiritilib, mikroskop fokusi unga to'g’rilanadi (okulyar 7x, ob'ekti 8). Bunda minisk mikrometr chiziqlaridan biriga ustlanishi shart (4.1-rasm).Bayon etilganlar bajarilgandan so'ng, bir necha minut davomida, miniskning okulyar-mikrometr chizig’iga nisbatan siljishi kuzatiladi. Olingan suyuqliklar kontsentratsiyalari o'za-ro teng bo'lgan sharoitda minisk o'z joyidan siljimaydi. Bordiyu, ular farqlansa, u holda minisk siljishda davom etadi.
Minisk siljishining yo'nalish olingan suyuqliklar kontsentratsiyalari bilan belgilanib, kontrol eritma tekshirilayotgan suyuqlikka nisbatan kam kontsentra-tsiyaga ega bo'lsa, kontrol eritma ustidagi bug’ bosimi suyuqlik ustidagi bug’ bosimidan katta bo'lishi tufayli, eritma miniski orqaga suriladi. Chunki bug’ ko'p tomondan kam tomonga diffuziyalanib, kontsentratsiyasi katta eritma yuzasida kontsentratsiyalanadi va o'sha suyuqlikning hajmini oshiradi. Shu sasabdan suyuq-lik miniski ilgari siljiydi. Kontrol eritma ustidagi kamaygan bug’ bosimi, uning bug’lanish hisobiga to'ldirilib boriladi. Natijada kontrol eritma miniski orqaga siljiydi (4.1-rasm qaralsin).
Dostları ilə paylaş: |