Biofizika fanidan amaliy mashg’ulotlar kitobchasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə31/36
tarix06.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126486
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG

O'lchov boshlangandan
keyin o'tgan vaqt, min.

Potentsiallar
farqi, (mV)






















































Nazorat savollari.

  1. Membranalar va ularga xarakterli bo’lgan ionlar taqsimotini birichi bo’lib o’rgangan olim

  2. Kollodi membranalarining xususiyatlari

  3. Donnan membrane potentsialini aniqlashda qanday membaranalardan foydalandi

  4. Membrana potentsialini aniqlash metodlarini izohlang.



8-laboratoriya mashg’uloti
Model sistemalarning potentsiallar farqi. Fazoviy potentsiallar farqi. Olma po’sti yoki aloe bargida yuzaga keladigan potentsiallar farqini o’lchash


Ishdan maqsad: Fazoviy potentsiallar farqi, olma po’stida yuzaga keladi-gan potentsiallar farqini o’lchashni o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: millivoltmetr, potentsiallar farqini o'lchashga mo'ljallangan moslama, Petri chashkasi (2 dona), П- va Г-shakldagi agarli sifon-chalar, kaliy hloridning 0,01 va 0,001 n eritmalar, pipelkalar, filtr qog'oz, ksilol yoki skalpel, pahta, olma.


Nazariy tushuncha. Model sistemalarda ishlatiladigan suyuqlik sifoni bioelektrik tadqiqotlarida qo'llaniladigan mikroelektrodlar, turli kontsentratsiyali eritmalararo aloqani ta'minlaydi. Shunga ko'ra qanday elektrolit bilan to'ldirilishi katta ahamiyatga. Bir-birlari bilan aralashmaydigan suyuqliklarni ajratib turadigan chegara bo'lim orqali, ionlarning notekis tarqalishi tufayli, potentsiallar farqining kelib chiqishini birinchi bo'lib Nerst ko'rsatgan edi. Ionlarning fazalarda tarqalishi ularning taqsimlanish koeffitsientalri bilan belgilanib, o'zaro tegib turgan fazalar-ning birida kationlar yahshi erisa, ikkinchisida, anionlar yahshi eriydi. Natijada, birinchisining chegara bo'limida musbat zaryad yig'ilsa, ikkinchisida, manfiy zaryadlar yig'iladi va chegara bo'limida qo'sh elektr qavati, demak, chegara poten-tsiali vujudga keladi. Kelib chiqqan chegara ptentsiali ionlarning navbatdagi taq-simlanishini to'htatadi. Haqiqatdan xam, agarda suvmas faza chegarasida kationlar to'planishi tufayli musbat zaryadlangan qavat xosil bo'lsa, elekstrostatik kuchlar o'sha fazada kationlarning navbatdagi erishini cheklaydi, va aksincha, anionlarning erishi uchun qulay sharoit yaratadi. Natijada fazalar chegara bo'limi-ning yaqinida qarama-qarshi zaryadli ionlarning kontsentratsiya ingridientlari paydo bo'ladi. Kontsentratsiya gradienti qancha katta bo'lsa, poetntsiallar farqi xam shynchalik katta bshladi. Shu sababdan, suv-yog', suv-gvoyakol, suv-amil spirti va hokazolar kabi kontsentratsion zanjirlar etarli kattalikka ega EYUK xosil qilishi mumkin. Shu xildagi sistemalarni Beutner batafsil o'rgandi.
Beutner tomonidan qisqacha qilib, "yog"' deb atalgan faza har ikkala tomo-nidan suvli eritmalar bilan chegaralangan bshlsin. Eritmalarning kontsenra-tsiyalari va tarkibi bir xil bo’lgan sharoitda sistemada potentsiallar farqi kelib chiqmaydi. Agarda, "a" fazaning bir tomonida oleat natriyning suvli eritmasi, ikkinchi tomon-dan esa, natriy xlorid eritmasi bo’lsa, sistemadagi ionlar taqsimotini quyidagicha tasvirlash mumkin.

Suv Yog’
Na oleat ┼Na oleat
A (ko’p)

Suv
NaСl← ┼NaCl
(kam) В


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin