Biofizika fanidan amaliy mashg’ulotlar kitobchasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə33/36
tarix06.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126486
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG

Ishni bajarish tartibi.
Potentsiallar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan sistema rasmda ko'rsatil-gandek qilib yig’iladi (7.1-rasm) va millivolt-metr elektr tarmoqiga ulanadi. Olma-ning tepa tomonidan Г-shaklidagi agarli sifonning kalta uchi sig’adigan kattalikda teshik ochiladi. So'ngra olma Petri chashkaga shundan joylashtiriladiki undagi teshik tepaga qarasin. Petri chashkaga 0,01 n kaliy xlorid eritmasi quylib, mazkur eritma П-shaklidagi agarli sifoncha vositasida, o'lchash moslamasining oraliq stakanidagi eritma bilan ulanadi. Г-shaklidagi sifoncha vositasida esa olma po'sti-dagi teshik oraliq stakanlarning ikkinchisidagi eritma bilan ulanadi. Oraliq stakan-lardagi eritmalarga tushirilib qo'yilgan elektrodlarning shtekkerlari millivoltmetrga ulanib, potentsiallar farqining dastlabki qiymati o'lchab olinadi. O'lchash ishlari har 5 minutda takrorlanib, turg’un kattaliklarga erishmaguncha davom ettiriladi. O'lchab olingan kattaliklar yozib boriladi. Turg’un kattaliklarga erishilgach, chash-kadagi eritma kaliy xloridning 0,001 n eritmasiga almashtiriladi va tezlik bilan potentsiallar farqi o'lchab olinadi, keyin esa o'lchash ishlari yuqorida ko'rsatilgani-dek, har 5 minutda takrorlanadi. Potentsial turg’unlashgach, olma moslamadan oli-nib, uning eritmaga tegib turgan tomonidagi qismi ksilolda qo'llangan paxta bilan artiladi. Ksilol bo'lmagan taqdirda olmaning eritmaga tegib turadigan tomonidagi po'sti skalpel yordamida shilib tashlanadi va chashkadagi eritmaga joylashtirilib, dastlabki tartibda, oldin kaliy xloridning 0,01n, keyin esa uniig 0,001 n eritmalari-da potentsiallar farqi o'lchab olinadi.

7.1-rasm. Olma po’sti orqali kelib chiqadigan fazolararo potentsiallar farqini o’lchashga mo’ljallangan moslama.
1-olma; 2-Perti chashkasi; 3- orqaliq stakanlar; 4-xlorlangan kumush elektrodlar; 5-Пshaklidagi, 6-Гshaklidagi agarli sifonchalar.
Qo'lga kiritilgan ma'lumotlar asosida, fazalararo potentsiallar kattaligining eritmadagi ionlar kontsentratsiyalariga bo'lgan bog’liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda abstsiss o'qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata o'qiga esa millivoltlarda ifodalangan fazalararo potentsiallar farqining kattaliklari tushiriladi. Olma po'stining ksilol bilan artilishi grafikda strelkalar yordamida belgilab qo'yiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin