Biofizika fanidan amaliy mashg’ulotlar kitobchasi


O‘rtacha arifmetik qiymat



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə5/36
tarix06.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG

O‘rtacha arifmetik qiymat. Tajribalar natijasida hosil bo‘lgan tasodifiy xatoliklarni bir xil ehtimollik bilan o‘lchanayotgan qiymatni uning haqiqiy qiymatidan u yoki bu tomonga og‘diradi va yetarlicha tajribalar sonida bu xatoliklar bir–birini o‘zaro kompensatsiyalaydi. Bu hollar kattalikning o‘rtacha arifmetik qiymati bilan ehtimolligini ko‘rsatadi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi.
[1]
Bu yerda x-o‘rtacha arifmetik qiymat, x1, x2, …., xn-alohida o‘lchamlar natijasi, n-o‘lchamlar soni, -hamma o‘lchamlar yig‘indisi.
Absolyut xatolik. O‘tkazilgan tajribalarda natijasini haqiqiy qiymatga yaqinlashish darajasini ko‘rsatish uchun absolyut xatolik tushunchasi kiritiladi. U haqiqiy qiymatdan qanchagacha farqlanishini ko‘rsatadi. Qandaydir kattaliklarni takroriy o‘lchashlarda o‘rtacha absolyut xatolik kattaligini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Har bir o‘lchamning absolyut xatoligi quyidagicha hisoblanadi.
[2]
U holda o‘rtacha absolyut xatolik

Formula bilan aniqlanadi.Bu yerda o‘rtacha arifmetik qiymatdan chetlanish-ning absolyut qiymati, ya’ni hammasi musbat sondir.
Nisbiy xatolik. O‘lchamlar aniqligini ko‘rsatuvchi kattalik bu nisbiy xatolikdir. U o‘lchamlar natijasining qancha qismi absolyut xatoliknng tashkil etishini ko‘rsatadi va quyidagicha hisoblanadi.
bu yerda
Odatda nisbiy xatolik foizlar bilan ifodalanadi:

Tajribalar natijasining haqiqiy qiymatlari – aniqlangan xatoliklar oralig‘ida yotadi. Masalan: l - uzunlik bir qancha o‘lchangan bo‘lsin. Uzunlikning o‘rtacha qiymati l=23,4mm ga absolyut xatolikning o‘rtacha qiymati =0,5 mm bo‘lsa, u holda uzunlikning haqiqiy qiymati

yoki 22,9< lhaqiqiy.<23.9 mm bo‘ladi. Hisoblashlar natijasini quyidagi umumiy ko‘rinishda yozish qabul qilingan.
[7]
[8]


1-jadval

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin