Biokimyo va molekulyar


-rasm. Xujayra markazidagi yadro va organoidlarning ko‘rinishi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

39-rasm. Xujayra markazidagi yadro va organoidlarning ko‘rinishi. 
Agar siz yadroning mikroskopda olingan suratiga ahamiyat bersangiz
uning ichidagi qora dogʻlarni koʻrasiz. Bu qora dogʻlar yangi ribosomalar 
jamlanadigan joy, yaʼni yadrochadir.
6.4.§. Genetik kod va uning xususiyatlari 
Biron bir ma’lumotni shartli belgilar yordamida ifodalash, odatda, 
kodlash yoki kod deb ataladi. 1961-yilda Krik genetik kodni matematik analiz 
qildi. Oqsil molekulasidagi har bir aminokislotani ifodalovchi kod tripletli 
bо‘lib, u Krik ifodasiga kо‘ra kodon deb nomlangan. Biologik kodning kashf 
etilishi, t-RNKning adaptorlik funksiyasini tadqiq etish natijasida bu yuksak 
darajada 
oqilona 
mexanizmning 
poydevori 
bо‘lgan 
biologik 
kod 
(aminokislota, oqsil kodi) tushunchasi, uning ishlash usuli haqida juda 
samarali yangi bir soha yangi bir soha dunyoga keldi.
Biologik 
kod 
ta’limotiga kо‘ra nuklein kislotalarda har bir 
aminokislotani taniydigan va tanlab tashishda vositachilik qiladigan 
nukleotidlar kombinatsiyasi mavjudki, aminokislota о‘zining kodi bilan 
bevosita bog‘lanmasa, ham, shu kodga komplementar, antikodon deb 
ataladigan nukleotidlar kombinatsiyasiga ega nuklein kislota bilangina 
munosabatga kirishadi. Har bir aminokislotani о‘zi uchun maxsus kodoni 
mavjud bо‘lishi shart, shundagina adashtirmay ular bilan bog‘lanadi. 


148 
Oqsil molekulasiga kiradigan aminokislotalar kamida 20 xil 
bо‘lganidan kodonlar soni ham 20 dan kam bо‘lishi mumkin emas. Demak 4 ta 
nukleotidning о‘zi yoki ikkita nukleotiddan hosil bо‘ladigan 16(42) 
kombinatsiya ham yetarli emas.Turli tadqiqot va mulohazalardan sо‘ng kod 
uch nukleotiddan iboat triplet tabiatga ega ekanligi aniqlandi. Albatta bunda 
hosil bо‘ladigan kombinatsiyalar soni 64(43), kodirlanadigan aminokislotalar 
sonidan ancha kо‘p ma’lum bо‘ldiki, 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan 
ortiq (2,3,4 va 6) kodon bilan kodlanar ekan. 
Bu holat kodning ayniganligi deb ataladi. U axborotni tо‘g‘ri о‘qishga 
xiloflik qilmaydi, balki replikatsiya yoki transkripsiya jarayonida paydo 
bо‘lishi mumkin bо‘lgan xatolarni chetlatishga yordam beradi. 64 ta tripletdan 
uchtasi UAA, UAG va UGSA aminokislotalarni kodlamydi va polipeptid 
zanjir sintezi tugaganidan xabar beradi, ular terminatsiya signalini beradi. 
Genetik kod universaldir. Hamma organizmlarda-eukariotlarda, prokariotlarda 
va viruslarda ham barcha kodonlar uchun birday belgilardan foydalaniladi. 
Binobarin, genetik kod dunyoda hayot paydo bо‘lgandan beri о‘zgarmay 
hukmronlik qilmoqda. Bunga 3mlrd yil bо‘ldi. Ammo keyingi yillarda bu 
dogmaga bir oz о‘zgartirish kiritishga tо‘g‘ri keldi. Mitoxondriyalarning 
genetik sistemasi ma’lum biologik kodga tо‘la tо‘g‘ri kelmadi. Uning DNKsi 
(15669 nukleotid) ning ayrim genlari nukleotid tartibi polipeptidlarning 
aminokislota tartibi bilan solishtirilganda koddan chetlashishlar mavjud 
ekanligi aniqlandi. Lekin bu ajoyib fenomenning kelib chiqishi va ma’nosi hali 
tushunilgani yо‘q. 
Bir xil aminokislotalarni ifodalovchi tripletlar bir-biriga о‘xshash 
bо‘ladi. Masalan: valin aminokislotasini ifodalovchi tripletlarning barchasi 
GU dupleti, Alaninni ifodalovchi tripletlar GS dupleti bilan boshlangan 
bо‘ladi. U axborotni tо‘g‘ri о‘qishga xiloflik kilmaydi, balki replikatsiya yoki 
transkripsiya jarayonida paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan xatolarni chetlatishga 
yordam beradi. 


149 
Irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-
ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos bо‘lgan yagona sistemasi-
genetik kod hisoblanishini yuqorida aytdik. Dezoksiribo-nuklein kislotasi 
(DNK) 
molekulasida 
ma’lum tartibda joylashgan muayyan sondagi 
nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, 
soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK molekulasidagi 
nukleotidlar 4 xil bо‘lib, ular adenin-A, timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan 
iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, lekin tirik 
organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi. 
Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir 
aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet 
(uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning 
joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi 
aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida 
aminokislotalar soni qancha bо‘lsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, ya’ni 
sintez qilinishini ta’min yetuvchi qismi bо‘lgan gen ham shuncha kodondan 
tashkil topadi. 
Oqsilning sintezida DNK va uning qismi bо‘lgan gen yemas, balki 
boshqa nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok yetadi. U uch xil: 
informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK 
asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi
iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning 
uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning о‘rniga U-uratsil 
uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib 
beradi. Ribosomalarda aminokislotalar ma’lum tartibda ketma-ket ulanib 
polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning ma’lum sonda birikishi tufayli oqsillar 
hosil bо‘ladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida 
ishtirok yetadi. 
Hozirgi vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil 
aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va 


150 
undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan, lizin aminokislotasi 
AAA yoki AAG, serin esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan 
3 tasi — UA A, UA G, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid 
zanjir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi. 
Genetik kodning tuzilishi va funksional belgi hamda xususiyatlari barcha 
organizmlarga xos, universal xossalarga ega va turg‘un bо‘ladi. 
Gen (yun. genos — urug‘, kelib chiqish) — irsiyatning elementar birligi 
va moddiy asosi. Gen organizm belgi va xususiyatlarini nasldan naslga 
о‘tkazish funksiyasini bajaradi. Gen tushunchasini genetikaga daniyalik olim 
V. Iogansen (1909) kiritgan. Gen DNK (ba’zi viruslarda RNK) molekulasining 
bir qismi bо‘lib, tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab beradi 
va shu oqsillar orqali ayrim belgi yoki xossalarning rivojlanishini ta’minlaydi. 
Organizmning turga xos va individual xususiyatlari tо‘g‘risidagi jami genetik 
axborot, ya’ni Genlar yigindisi — genotipi bо‘ladi. Barcha organizmlar, 
jumladan bakteriya va viruslarning irsiyati Gendagi nukleotidlarning DNKda 
joylashishi tartibiga va ularning soniga bog‘liq. Yuksak rivojlangan 
organizmlarda Gen maxsus nukleoproteid tuzilmalar — xromosomalar 
tarkibiga kiradi. Genning asosiy funksiyasi ferment va boshqa. oqsillar 
sintezini hujayra RNKsi ishtirokida belgilab berishdir. Uning bu funksiyasi 
kimyoviy tuzilishiga boglik. Genning tuzilishi о‘zgarganda hujayralardagi 
muayyan biokimyoviy jarayonlar buziladi, natijada mavjud jarayonlar yoki 
belgilar kuchayadi, susayadi yoki yoʻqolib ketadi. Masalan inson kо‘zining 
qora yoki moviy, atirgulning qizil yoki oq rangi, paxta tolasining uzun yoki 
qisqa bulishi, qishloq xо‘jaligi hayvonlarining mahsuldorligi va ekinlarning 
hosildorligi, shuningdek tirik mavjudotlarda boshqa turli morfologik, 
fiziologik, biokimyoviy belgi va alomatlarning yuzaga kelishi hamda tegishli 
xususiyatlarga ega bо‘lishi maxsus genlarning ta’siriga bog‘liq. Organizmda 
belgilar kо‘p, ularning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar soni yanada kо‘p, 
chunki aksariyat belgilarning rivojlanishini kо‘p Genlar ta’min yetadi. 
Masalan insonda 10000 ga yaqin gen mavjud.


151 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin