39-rasm. DNKa zanjirida genetik kodning yozilishi
Gen mutatsiyalar natijasida о‘zgarishi mumkin. Bir juft nukleotidning
boshqa bir juft nukleotid bilan almashinishi, nukleotidlarning kamayishi, ikki
baravar ortishi yoki о‘rin almashinishi ana shunday uzgarishga sabab bо‘ladi.
Mutatsiya tufayli organizmlarda fenotipik tafovutlarni keltirib chiqaradigan
gen, ya’ni allellar paydo bо‘ladi, ular о‘zining biror ta’siri jihatidan
boshqasiga qaraganda ustun turishi (dominant allel), biror ta’sirotni yuzaga
chiqarmaydigan bо‘lishi (retsessiv allel) mumkin. Tabiiy sharoitda, inson
ishtirokisiz, atrof muhit omillari ta’sirida organizmlarda irsiy о‘zgaruvchanlik,
ya’ni spontan mutatsiya kelib chiqadi. Bunday irsiy о‘zgaruvchanlik
organizmlar evolyusiyasi jarayoni uchun manba bо‘ladi. Sun’iy sharoitda
radiatsiya nurlari va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish usuli bilan irsiy
о‘zgaruvchanlikni tezroq va kо‘plab olish mumkin. Mutagenezning bu xilini
eksperimental yoki induksion mutagenez deb ataladi. Uning kashf etilishi
genetikaning muhim yutug‘i bо‘lib, seleksiyada katta amaliy ahamiyat kasb
etadi. Organizm va hujayraning irsiy xossalari tegishli genlarga bog‘liq. Ular
orasidagi munosabatlar juda murakkab bо‘lib, bir belgining paydo bо‘lishiga
bir necha Gen ta’sir kо‘rsatishi (polimeriya) yoki kо‘pgina belgilarning paydo
bо‘lishi bitta Genga bog‘liq bо‘lishi ham mumkin (yana q. Genetik kod,
Irsiyatning xromosoma nazariyasi).
Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida
nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos bо‘lgan
152
yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida ma’lum
tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil
zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini
belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil bо‘lib, ular adenin-A,
timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin
aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta
aminokislota kiradi.
Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir
aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet
(uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning
joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi
aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida
aminokislotalar soni qancha bо‘lsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, ya’ni
sintez qilinishini ta’min etuvchi qismi bо‘lgan gen ham shuncha kodondan
tashkil topadi.
Oqsilning sintezida DNK va uning qismi bо‘lgan gen emas, balki boshqa
nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil:
informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK
asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi,
iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning
uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning о‘rniga U-uratsil
uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib
beradi. Ribosomalarda aminokislotalar ma’lum tartibda ketma-ket ulanib
polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning ma’lum sonda birikishi tufayli oqsillar
hosil bо‘ladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida
ishtirok etadi.
Hozirgi vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil
aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va
undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan lizin aminokislotasi
AAA yoki AAG, serii esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan
153
3 tasi — UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir
sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi.
Dostları ilə paylaş: |