Biokimyo va molekulyar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
10-rasm. Oqsillarning uchlamchi strukturasi. 
2.9.§. Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi 
Ikki va undan ortiq polipeptid zanjirlardan tashkil topgan oqsillar 
molekulasi to‘rtlamchi strukturaga ega. To‘rtlamchi struktura hosil bo‘lishida 
ishtirok etadigan polipeptid zinjirlarning har biri o‘ziga xos birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi strukturaga ega bo‘lib, u kichik birlik deb ataladi. 
Ko‘pgina oqsillarning molekulasi bir necha kichik birliklardan tashkil topgan. 


30 
Masalan: gemoglobin oqsilli to‘rtta kichik birlikdan; 2 ta  va  polipeptid 
zanjiridan tashkil topgan. Tamaki mozaikasining virusini tashkil qiladigan 
murakkab oqsil 2200 ta kichik birlikdan tashkil topgan . 
Oqsil molekulasini tashkil qiladigan kichik birliklar har xil fizik va 
kimyoviy ta`sir natijasida dissotsiyalanishi mumkin, bujarayon qaytar b o‘lib, 
dissotsiyalangan kichik bo‘lakchalar ma`lum sharoitda qaytadan yana birikadi. 
Oqsillarning fermentativ xususiyatlari ularning to‘rtlamchi strukturasiga 
bog`liqdir. To‘rtlamchi struktura hosil bo‘lishida oqsillar molekulasida 
uchraydigan barcha kimyoviy bog`lar ishtirok etadi; vodorod, disulfid, 
elektrostatik va gidrofob bog`lar. Oqsillarning t o‘rtlamchi strukturasi muhim 
funksional ahamiyatga ega. 
11-rasm. Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi. 
Har qanday oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi hosil bo‘lishida quyida 
bog‘lar ishtirok etadi: 
1)
 
Disulfid bog‘lar; 
Disulfid aloqa kovolent aloqa hisoblanadi. Ularning har biri ikki asosiy 
aminokislota sestidan tashkil topgan. Ikki sistein bir -biri bilan disulfi ko‘prigi 
orqali bog‘lanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin