Biokimyo va molekulyar


-rasm. DNKa zanjirida genetik kodning yozilishi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

39-rasm. DNKa zanjirida genetik kodning yozilishi 
Gen mutatsiyalar natijasida о‘zgarishi mumkin. Bir juft nukleotidning 
boshqa bir juft nukleotid bilan almashinishi, nukleotidlarning kamayishi, ikki 
baravar ortishi yoki о‘rin almashinishi ana shunday uzgarishga sabab bо‘ladi. 
Mutatsiya tufayli organizmlarda fenotipik tafovutlarni keltirib chiqaradigan 
gen, ya’ni allellar paydo bо‘ladi, ular о‘zining biror ta’siri jihatidan 
boshqasiga qaraganda ustun turishi (dominant allel), biror ta’sirotni yuzaga 
chiqarmaydigan bо‘lishi (retsessiv allel) mumkin. Tabiiy sharoitda, inson 
ishtirokisiz, atrof muhit omillari ta’sirida organizmlarda irsiy о‘zgaruvchanlik, 
ya’ni spontan mutatsiya kelib chiqadi. Bunday irsiy о‘zgaruvchanlik 
organizmlar evolyusiyasi jarayoni uchun manba bо‘ladi. Sun’iy sharoitda 
radiatsiya nurlari va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish usuli bilan irsiy 
о‘zgaruvchanlikni tezroq va kо‘plab olish mumkin. Mutagenezning bu xilini 
eksperimental yoki induksion mutagenez deb ataladi. Uning kashf etilishi 
genetikaning muhim yutug‘i bо‘lib, seleksiyada katta amaliy ahamiyat kasb 
etadi. Organizm va hujayraning irsiy xossalari tegishli genlarga bog‘liq. Ular 
orasidagi munosabatlar juda murakkab bо‘lib, bir belgining paydo bо‘lishiga 
bir necha Gen ta’sir kо‘rsatishi (polimeriya) yoki kо‘pgina belgilarning paydo 
bо‘lishi bitta Genga bog‘liq bо‘lishi ham mumkin (yana q. Genetik kod, 
Irsiyatning xromosoma nazariyasi). 
Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida 
nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos bо‘lgan 


152 
yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida ma’lum 
tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil 
zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini 
belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil bо‘lib, ular adenin-A, 
timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin 
aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta 
aminokislota kiradi. 
Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir 
aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet 
(uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning 
joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi 
aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida 
aminokislotalar soni qancha bо‘lsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, ya’ni 
sintez qilinishini ta’min etuvchi qismi bо‘lgan gen ham shuncha kodondan 
tashkil topadi. 
Oqsilning sintezida DNK va uning qismi bо‘lgan gen emas, balki boshqa 
nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: 
informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK 
asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi, 
iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning 
uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning о‘rniga U-uratsil 
uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib 
beradi. Ribosomalarda aminokislotalar ma’lum tartibda ketma-ket ulanib 
polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning ma’lum sonda birikishi tufayli oqsillar 
hosil bо‘ladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida 
ishtirok etadi. 
Hozirgi vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil 
aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va 
undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan lizin aminokislotasi 
AAA yoki AAG, serii esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan 


153 
3 tasi — UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir 
sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin