160
Kulturalash sharoitini yaratishni о‘z ichiga oladi.
Kallus hujayralari in vitro sharoitida о‘simlik organizmining normal
hujayralariga xos bо‘lgan barcha fiziologik va
biokimyoviy xususiyatlariga
ega bо‘ladi. Ular ikkilamchi metabolitlar sintez qilish qobiliyatini ham saqlab
qoladi.
Kallus hujayra-larining genetik xilma – xilligi ularni hujayralar
seleksiyasida qо‘llab, atrof
muhitning noqulay omillariga, fitopatogenlarga
chidamli, hosildorligi yuqori hujayralar olish imkonini beradi.
Sog‘lomlashtirilgan, virusdan holi ekish materiallari olish
Hujayra muhandisligi usullarining afzalligi
genetik bir xil virussiz
ekish materiallari olish mumkinligidir.
Bunga apeks tо‘qimalari va poyaga xos kurtaklar meristemasidan
foydalanib erishishiladi.
Virusdan holi о‘simlik olish usuli
Termoterapiya-bu usul in vivo sharoitida, shuningdek in vitro
sharoitida ham qо‘llanilib, quruq, issiq xavodan foydalanishga asoslangan.
Xemoterapiya-Bu usul oziqa muhitga guanozinni analogi–1β–D–
ribofuranozil–1,2,4–triazol-3–karboksimid
(virozol)
20-50
mg/l
konsentrasiyada qо‘shishga asoslangan.
Somatik hujayralarni duragaylash
Hujayralar seleksiyasining yana bir usuli –
somatik hujayralardan
olingan proplastlarni bir-biriga qо‘shish orqali jinssiz duragaylar olishdir.
Bu usul oddiy jinsiy yо‘l bilan chatishtirib bо‘lmaydigan о‘simliklarni
filogenetik uzoq turlarini chatishtirish, ikki, uch va undan kо‘proq
ota-ona
hujayralarni bir-biriga qо‘shilishini amalga oshirish,
bu hujayralarning
birining tо‘liq genlar tо‘plami, bir necha xromosoma yoki genlarini tutuvchi
yoki boshqasining faqat organella va sitoplazmasini
tutuvchi assimetrik
duragaylar olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: