Biokimyo va molekulyar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

 
 


161 
Plazmidlar 
Bular bakteriya hujayralaridagi halqasimon DNK boiib, genetik 
materiallarning bir qismini tashkil qilsalar ham, biologik ahamiyati kattadir. 
Ular baktenyalarmng har xil toksik moddalarga rezistentligini, jumladan
antibiotiklarga chidamli yoki chidamsizligini, ozuqa moddalami o‘zlashtirish 
qobiliyatini ham belgilaydi. Bakteriya hujayralaridagi plazmidlar soni bittadan 
yuztagacha bo‘lib, ularning replikatsivasi xromosomalarga bog'liq bo‘lmay, 
avtonom holda kechadi. Piazmidlar xromosomalarga nisbatan turg‘un bo‘lmay, 
genetik axborotlarni mobil (yengil, tez o‘tkazuvchi, tashuvchi) holda 
saqlovchidir. Hujayralarda genlarning konyugatsiyasi faqat piazmidlar orqali 
amalga oshadi. 
Ular deyarli barcha bakteriyalarda mavjuddirlar. Plazmidalarning 
ba’zilari o‘zlarining boshqa hujayraga o‘tkazilishi haqidagi axborotni 
saqlaydilar (F-plazmidalar), boshqalarida antibiotiklarga chidamli genlar (R-
plazmidalar) yoki g‘alati metabolitlarning utillanishiga ma’sul genlar 
yig'indisi joylashgandir (degradatsiya plazmidalari). Ma’lum funksi yalarni 
bajaradigan genlar tutuvchi aniqlanmagan plazmidalar (kritik plazmidalar) 
ham borligi ko‘rsatilgan. Plazmidalarning kattaligi 1 ming juft nukleotidlardan 
kamroq 500 ming juft nukleotidlardan ko'proq oralig‘idadir. Har bir 
plazmidada replikatsiya boshlanilish sayti joylashgan (ori), bu saytsiz 
plazmida xo'jayin hujayrasida replikatsiyaga kirishmaydi. Hujayrada ba’zi 
plazmidalar 10-100 nushalar bilan ifodalangan. Kam nushali (1-4) plazmidalar 
ham hujayralarda uchrab turadi. Plazmida DNKsi odatda umumiy hujayra 
DNKsini 0,1-5,0% tashkil etadi. 
Avtonom ravishda replikatsiyalanuvchi genetik elementlar sifatida 
plazmidalar 
klonirlangan 
DNKni 
o'tkazishga 
mo‘ljallangan 
asosiy 
xususiyatlarga egalar. Ammo, ko‘pincha tabiiy, (modifikatsiyalanmagan) 
plazmidalar “yuqori sifatli,” vektorlarga xos bo‘igan ba’zi xususiyatlardan 
mahrumlar. Bunday muhim xususiyatlarga quydagilar kiradi: 


162 
1. Plazmidani kichik hajmi. Ekzogen DNKni E.coliga o‘tishining 
samaradorligi, plazmidani kattaligi 15 m.j.n.dan. ko‘p bo‘lsa pasa yadi. 
2. Plazmidada unikal restriktsiya sayti mavjud bo‘lishi kerak, unga 
donor DNKsini o‘tkazish mumkin. 
3. 
Rekornbinant 
DNK 
tutuvchi 
retsipiyent 
hujayralarning 
identifikatsiyalash uchun plazmidada bir va undan ortiq selektiv genetik 
markerlar mavjud bo‘lishi kerak. 
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan plazmida vektorlari gen 
injenerligi yo‘li bilan yaratiladi. 
Plazmidlarning molekulalari ma’lum modifikatsiya qilingandan so‘ng, 
vektor sifatida foydalaniladi. Avval uni halqa holatiga to‘g‘ri yo‘naltirilgan 
restriktazalar orqali keltiriladi. Hosil bo'lgan DNKning oxiri to‘mtoq holda 
bo'ladi. Tekis plazmidali DNK to‘mtoq tomoni oxirida maxsus 
oligonukleotidlar hosil qilinadi, ulami linkyorlar yoki yopishqoq tomonli 
linkyorlarga fermentlar yordamida DNK bog'lanadi. 
Hosil qilingan vektor va unga bog‘langan kDNK hujayra genomiga 
kirgiziladi. 
Kirgizilgan 
begona 
DNK 
hujayra 
genomini 
o'zgartirib, 
transformirlangan holatga keltiradi. 
Bu hujayralar maqsadga asosan 
seleksiyalanishi yoki klonlanishi mumkin. Hozirgi kunda vektorlaming ikki 
xili ma’lum bo'lib, ular oddiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Oddiy velctorlar 
klonlanganda ko‘p miqdordagi genlardir, maqsadlilarini ajratib, genlar 
“kutubxonasi” ni yaratish mumkin.
Maxsus vektorlar esa genlarning ekspressiyasiga aloqador bo‘ladi. 
Oddiy vektorlar har xil hujayralardagi genlarni ajratish va ularni o‘rganish 
uchun ishlatilsa, maxsus vektorlar biotexnologiya maqsadlarda, genlarning 
ekspressiyasini va maqsadli mahsulotlami ko‘p miqdorda sintezlashda 
qo'llanadi. Aynan shu maqsadda maqsadli oqsilni sintezlovchi genni hujayra 
xromosomasiga joylab, promotor bilan bog‘lanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin