Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi
Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun:
Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori;
Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi otkazish yoli bilan siydik bilan ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori organish;
Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish 6 oygacha bolgan bolalarda normal korsatkich 2,25-2,5 mmol/l boladi.
Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi
Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham istemol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bolishi kerak. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligining profilaktikasi, uning ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta davomida qabul qilishi zarur. Bolaning soglom dunyoga kelganda ham profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi kerak. Kuz-qish mavsumida har bir soglom tugilgan bolakaylarga profilaktik doza, yani 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini taminlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Suniy ovqatlanishga otgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda istisnolar bolishi ham mumkin.
D3 vitaminining tasir effekti, organizmga yetarlicha kalsiy elementi tushgandagina bilinadi. Bolalar ovqatlanish tarkibida albatta sut mahsulotlari (pishloq, tvorog, yogurt, sut), quruq mevalar, sutli shokolad kabi oziqaviy moddalar bolishi lozim. D vitamini tayyor holda sariyog, mol jigari va tuxum sarigida kop saqlanadi. Bundan tashqari, raxitning erta bosqichlarida bolalar mushaklarining tonusini oshiruvchi va ichaklar funksiyasini normallashtiruvchi chora tadbirlar ham otkazilsa maqsadga muvofiq boladi, masalan turli xil vannalar qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish, davolovchi gimnastika va massajlar. Agar ichaklar normal mikroflorasi buzilib, disbioz holatlari kelib chiqqan bolsa, probiotiklar tavsiya qilinishi ham mumkin.
Organizmga kalsiy elementi ovqat bilan yetarlicha tushmasa, suniy kalsiy saqlovchi preparatlar berish mumkin, faqatgina shifokor tavsiyasiga binoan. Kalsiyning organizmda sorilishini oshiruvchi modda baliq yogining kapsula korinishidagi preparatlaridan ham foydalansa boladi. Kasliy yetishmovchiligini mustaqil ravishda, oz boshimchalik bilan davolash ogir asoratlarga olib kelishi mumkin: ich qotishidan tortib buyrak yetishmovchiligigacha, natijada bolalik davrida siydik tosh kasalliklari paydo bolishi xavfi mavjud. Bolalaringizni normal osishi va soglom yetilishi uchun har oyda bir marotaba oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashib turing! Salomat boling!
Bolalar organizmi uchun kalsiy nihoyatda katta ahamiyatga ega. Usiz hujayralarning bolinishi va oqsil sintezi jarayonlari yuz bermaydi, demak godak osishdan ham toxtaydi. Kalsiy yetishmovchiligi tufayli barcha modda almashinuvi jarayonlari izdan chiqadi, suyak va tishlarning shakllanishi kechikadi. Insonning butun hayoti davomida uning suyaklari naqadar mustahkam bolishi undagi bolalikda olgan kalsiy miqdoriga bevosita bogliqdir.
Ushbu element organizmdagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi, osishdan tashqari u yurak faoliyati, asab va mushak toqimasining normal faoliyati uchun zarur, u fermentlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi, shuningdek qonning ivishi jarayonida muhim rol oynaydi. Shu tufayli kalsiy yetishmovchiligi ayniqsa bolalarda juda kop uchraydi.
Afsuski, yosh ota-onalar godak kalsiyga yetarli miqdorda toyinyaptimi yoki yoqmi kopincha vaqtida bila olishmayapti. Vaholanki, ushbu mikroelement yetishmasligining birinchi alomatlari teri, tirnoqlar va sochlarning tez sinuvchanligi va quruqligi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarda tirnoqlarni gajish va boshni qashish kabi yomon odatlar paydo boladi. Ular bir yerda uzoq otira olmaydigan bolib qolishadi, beixtiyor barmoqlarini tiqqilatishadi. Oziga xos tamlarga ishtiyoq uygonadi.
Ular kopincha bor yoki boyoqlarni chaynashni istab qolishadi, tez-tez sut yoki pishloq yegilari keladi.
Qonda kalsiy yetishmovchiligi (gipokalsiyemiya) kichkintoy boyining osishini kechiktiradi, suyak va tishlarning shakllanishiga salbiy tasir otkazadi, yurak muskullari ishini yomonlashtiradi, yuqori darajadagi asab-muskul tasirchanligiga va hatto tomir tortishishiga ham olib keladi. Koz gavhari ozining shaffofligini yoqotadi, tish emallarida teshiklar, izlar paydo boladi.
Shu sababli godak organizmi hali nozik paytidanoq va kopgina muammolarni osongina hal qilsa boladigan vaqtdanoq kalsiy yetishmovchiligi haqida jiddiyroq oylab korilsa yaxshi bolardi. Tarkibida kalsiy bolgan mahsulotlarni topish oson, murakkabligi shundaki, organizm uni qabul qilishiga yordam berish kerak. Chunki kalsiy ozlashtirilishi qiyin bolgan minerallar sirasiga siradi. Gap shundaki, tolaqonli kalsiy faqat V3 vitamini ishtirokida singadi, ushbu vitamin esa yoki ultrabinafsha tasirida shakllanadi, yoki bolmasa ovqat bilan birga organizmga otadi. Bundan tashqari, kalsiy miqdori ovqatni tayyorlash jarayonida birmuncha kamayadi, misol uchun sabzavotlarni qaynatganda suvga 25% kalsiy chiqib ketadi, shuning uchun barcha turdagi karamlarni, ayniqsa brokollini shorva yoki bulon tarzida istemol qilgan durust. Dukkakli osimliklar, bodom, kunjut va odatda tashlab yuboriladigan ildizmevali osimlik barglari kalsiyga boydir.
Dostları ilə paylaş: |