Biologiya va genetika 1 Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era



Yüklə 276,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix02.06.2023
ölçüsü276,77 Kb.
#127692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshko‟mir – davrining boshlarida Markaziy Osiyoning ko‘p xududi suv bilan qoplangan. 
Davrning oxirida Amudaryo va Sirdaryo oralig‗i Orol dengizi o‘rnida va uning SHarq tomonida 
dengiz chekinib keng quruqlik paydo bo‘lgan. Quruqliqdagi o‘simliklar orasida lepidodendronlar
plaunlar, kalamitlar ko‘plab o‘sgan. Ayrim kalamitlarning balandligi 20-25 m ga etgan. Onda-sonda 
kondaitlar ham uchragan.
Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqliqdagi 
pasttekisliklarda botqoqlik tida qanday o‘xshashliklar bor? erlar ko‘p uchragan. Ularda balandligi 40 
ga etadigan paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, plaunlar o‘sgan va spora yo‘li bilan ko‘paygan. 
Bulardan tashqari ochiq urug‗li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga 
halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Nam va
botqoqlik o‘rmonlarda suvda ham quruqlikda yashovchilarning qadimgi vakillari hisoblangan 
stegonefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan. Uchuvchi hasharot- suvaraklar, ninachilar 
rivojlangan.
Perm davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘ladi.Bunday 
sharoit suvda ham quruqlikda yashovchilar uchun o‘ta noqulay hisoblangan. Ularning anchagina 
qismi qirilib ketgan. Botqoqlik va sayozliklardagi suvda ham quruklikda yashovchilarning ancha mayda 
vakillari yashirinib qolgan. Quruq va past haroratli sharoitda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda 
ham quruklikda yashovchilar ma‘lum guruxining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Keyin ulardan 
sudraluvchilar sinfi kelib chiqqan.
Perm davrining boshlarida Qizilqum, Fartona, Pomir tog‗larida yrik orollar va yarim orollar 
bo‘lgan. O‘simliklardan kalamitlar, daraxtsimon kordaitlar, ba‘zi ninabargli o‘simliklar uchragan.
SHunday qilib, paleozoy erasida hayvonlar yanada rivojlanib, yirik aromorfozlar ro‘y 
bergan. Jag‗siz va jag‗li qalqondor baliqlar, panja qanotli baliqlar, suvda ham quruqlikda 
yashovchilarning dastlabki vakillari, nihoyat sudralib yuruvchilar sinfi kelib chiqqan. O‘simliklar 
quruqlikka chiqib, spora yo‘li bilan ko‘payuvchi xillari, ochiq urug‗lilar paydo bo‘lgan.

Yüklə 276,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin