Biologiya va genetika 1 Tayanch iboralar: kaynazoy, mezazoy, proterozoy, spontan, xujayra, era


  Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali



Yüklə 276,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü276,77 Kb.
#127692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. 
Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali 
modellashtirish. Era va davrlar. 
Organik moddalarning abiogen usulida paydo bo‘lishi faqat nazariy jihatdan emas, balki amalda 
ham isbotlandi. Masalan, Amerikalik olim Miller dastilabki Er atmosferasida ko‘proq uchragan deb 
taxmin qilgan ammiak, metan, vodorod va suv bug‗ini shisha kolba ichiga joylashtirib, undagi 
tempiraturani 80 gradusga egkazib, apparatning kengroq qismi devflarga kavsharlangan elektrodlar 
orqali elektr zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o‘zgarib, aminokislotalar va boshqa 
organik moddalar hosil bo‘lganligini aniqlagan.
Mayda organik molekulalar paydo bo‘lib, rivojlangandan so‘ng, keyingi xar xil hossa va 
tuzilishga ega polimer birikmalarni hosil etish bilan bog‗lik muhim ikkinchi bosqich boshlanadi.
Nukleyin kislotalarining abiogen yo‘l bilan paydo bo‘lishi mumkinligini isbotlashda nemis 
bioximigi SHramm o‘tqazgan-tajribalar diqqatga sazovordir. U ikkita elektron kavsharlangan kolba 


BIOLOGIYA VA GENETIKA
 

ichiga shakar, azotli asoslar hamda fosfat kislota tuzlari eritmasini solib eritmani 80 gradusgacha 
isitgan va undan elektr o‘tqazgan. Bu eritmalar aralashmasi bir necha kundan keyin tekshirilganda 
ularda DNK va RNK tipdagi moddalar, ya‘ni nukleotidlar borligi ma‘lum bo‘lgan. Oldbiologik 
sintez uchun zarur energiya elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar va radiaktiv moddalarning 
parchalanishidan olingan. Koatservat tomchilarning rivojlanishi dastlabki okeanda oqsilga 
o‘xshash va yuqori molekulali boshqa organik molekulalarining hosil bo‘lish natijasidir.
Oparin koatservat tomchilar o‘z navbatida 4 bosqichda hosil bo‘lgan deydi. 1- bosqichda 
eritma o‘z konsentratsiyasi bilan, atrofidagi eritmadan farqlanib ajralgan, 2- bosqichda koatservat 
toachilar xajmi jihatdan ortib «o‘sa» boshlagan. 3- bosqichda koatservat tomchilar ham dinamik 
xolatga o‘tgan, ya‘ni tevarak atrofdagi eritmadan turli moddalarni yutib olib, kattalashgan va 
reaksiya mahsulotlarini atrofdagi muhitgacha chiqargan va nihoyat, 4-bosqichda ular o‘rtasida 
«tabiiy tanlanish»ga o‘xshash jarayon borgan. Ular orasida sintezlanish va parchalanish reaksiyalari 
mutanosib hamda davriy ravishda bo‘lgan. Bu jarayonlarda ma‘lum moddalarni regeneratsiya qilib 
turgan koatservat tomchilar yashab qolgan. Koatservat tomchilarning diametri 1-500 mln gacha 
bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi tashqi muhitdan qalin qavat go‘yo membrana bilan 
alohidalashgan.
Uchinchi bosqich dastlabki tirik organizmlarning paydo bo‘lishi. Koatservat tomchilar 
kattalashgatsdan so‘ng mayda tomchilarga parchalanadi. Koatservat tomchilar o‘z xizmati bilan 
farqlanadi. Koatservat tomchilardan katalizator hossasiga ega bo‘lganlar ko‘proq polimerlangan va 
uzoq yashagan. Koatservat tomchilarining tashqi muhitdan energiya va moddalarni o‘zlashtirganlari 
yashab qolib bo‘lingan. Lekin ular tirikka yaqin bo‘lsa ham, hali ularni hayot deb bo‘lmas edi. Dastlabki 
stabillashgan probionidlar avtokatlik, nuklein kislotalardan iborat koatservat tomchilar shaklida 
bo‘lgan degan faraz bor.
Dastlabki davrlarda nuklein kislotalar bilai oqsil malekulalarining qo‘shilishi ehtimoli ro‘y 
bergan. Bunda nuklein kislota avtokatalizator va matritsa, oqsil esa qurilma va himoya vazifasini 
o‘tagan bo‘lishi mumkin. Bunday turg‗un sistemalarni Oparin shartli ravishda probiontlar deb 
atagan. Uning ko‘rsatishicha, probiontlarrning keyingi evolyusiyasi moddalar almashinuvi 
jarayonlarining aktivlashishi bilan uzviy bog‗liq bo‘lgan.
Probionglarda moddalar almashinuvining asta-sekin murakkablashuvi 
natijasida 
progressiv evolyusiya yanada yuqori aktivlikka ega katalizatorlar fermentlarni vujudga 
keltirgan. SHunday qilib, tarixiy jarayonda, Oparin uqtirishicha, tirik sistema bir butun xolicha, 
shuningdek ayrim mexanizmlari takomillasha borgan.

Yüklə 276,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin