Biologiyadan sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotni tashkil etish



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə3/7
tarix31.12.2021
ölçüsü93,5 Kb.
#113135
1   2   3   4   5   6   7
Darsdan tashqari ishlar oʻqituvchining koʻrsatmasi asosida oʻquvchilar tomonidan bajariladigan majburiy oʻqitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida oʻquvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi lozim.

Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda kuzatish olib borish, tajribalar oʻtkazish, oʻquv jihozlari, koʻrgazma materialini tayyorlash kiradi.

Darsdan tashqari ishlar mohiyati va mazmuniga koʻra biologiya oʻquv xonasida, tirik tabiat burchagida, tabiatda bajarilishi mumkin. Masalan, botanikani oʻqitishda urugʻning unishi uchun zarur shart-sharoitlar, urugʻning nafas olishi, oʻsimtaning oʻsishi va rivojlanishiga oziq moddalar miqdorining ta’siri kabi tajribalar mavzuni oʻrganishdan avval oʻquvchilar tomonidan oʻtkaziladi va natijasi darsda muhokama etiladi.

Darsdan tashqari ishlarning davomiyligiga koʻra: qisqa muddatli, mavsumiy yoki yillik boʻlishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan tajribalar qisqa muddatli, botanika va zoologiya oʻquv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar mavsumiy, oʻsimliklardagi mavsumiy oʻzgarishlarni kuzatish yillik darsdan tashqari ishlar sirasiga kiradi.

Botanika va zoologiya oʻquv fanlaridan beriladigan yozgi topshiriqlar muayyan tizimga ega boʻlishi lozim, chunki uning natijalaridan kelgusida koʻrgazma materiallari shaklida foydalanish koʻzda tutiladi.

Ekskursiya – oʻqitish jarayonining muhim shakli boʻlib, ular oʻquvchilarni tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy gʻoyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi.

Ekskursiya davomida oʻquvchilar tomonidan egallangan bilimlar yangi mavzularni oʻrganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Shu bilan bir qatorda ekskursiyalar oʻquvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi.

Ekskursiyada oʻquvchilar oʻquv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va koʻnikmani egallaydilar.

Ekologik jihatdan tabiatga toʻgʻri tashkil etilgan ekskursiyalar oʻquvchilarda mahalliy biogeotsenozlar, oʻsimliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan koʻrgazma materiallarini tayyorlash, ularni jihozlash, tabiatga muhabbat uygʻotish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.

Biologiyani oʻqitishda sinfdan tashqari mashgʻulotlar muhim oʻrin tutadi. Mazkur oʻqitish shakli ixtiyoriy boʻlib, oʻquvchilarning biologiya oʻquv faniga boʻlgan qiziqishi, olamni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashgʻulotlarning uch turi mavjud:




Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin