Biologiyani oʻqitishda oʻquvchilarda dunyoqarashini tarbiyalash. Вiologiyani oʻqitishda oʻquvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix06.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#129773


Biologiyani oʻqitishda oʻquvchilarda 
dunyoqarashini tarbiyalash. 
Вiologiyani oʻqitishda oʻquvchilarda 
ekologik tarbiyani shakllantirish. 


Reja: 

1.O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va 
tafakkurni shakllantirish.

2.Biologiyani o‘qitishda o’quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, 
estetik, iqtisodiy, jismoniy. gigienik, mexnat va 
baynalminal tarbiyalash masalalari. 

3.Biologiyani o‘qitishda ta’lim - tarbiyaning 
uzviyligini ta’minlash yo‘llari. 



O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash soxasidagi 
davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jixatdan 
tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi 
orqali barkamol shaxs -fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. 

Ushbu vazifalarni xal etish uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan 
barcha o‘quv fanlari qatori biologiyaning xam zimmasiga 
yuklanadi. Barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish vazifasining 
muvaffaqiyatli xal etilishi avvalo, o‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. 

Tabiat to‘g‘risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan - biologiya 
zimmasiga o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda 
ancha ma’suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, xam maktab 
biologiya o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega. 



Biologiyani o‘qitishda avvalo, o‘quvchilarni biologiyaning 
asosiy g’oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot. 
xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida tutgan o‘rni, biologik 
bilimlarni o‘zlashtirishning axamiyati bilan tanishtirish nazarda 
tutiladi va shu orqali uquvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli 
munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy boglangan xolda ta’lim-
tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. 

Mazkur tizim o‘zida o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini 
mustaxkam uzlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va 
tafakkurni shakllantirish, o‘quvchilarni ma’naviy-axlokiy, 
vatanparvarlik, ekologik, estetik, iktisodiy, jismoniy. gigienik, 
mexnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini 
mujassamlashtiradi. 



Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. uquvchilarning biologiya uquv 
fanini o‘rganishi biologik ob’ektlarning tuzilishi. rivojlanishi va 
xayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar 
uquvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e’tiqodlari sistemasini 
tashkil etadi. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik 
qonuniyatlarni «tabiat-inson-jamiyat» munosabatlarining tarixiy 
rivojlanish nuqtai nazardan tushunishga asoslanadi. 

«Ilmiy dunyoqarash» tushunchasiga biologiya o’qitish 
metodikasinnng turli manbalarida turlicha yondoshilgan. 
Jumladan, B.Ye.Raykov ilmiy dunyoqarash tushunchasini «dunyo 
xakidagi bilimlar majmuasi», V.V. Vsesvyatskiy «tabiatga nisbatan 
to‘gri qarashlar majmuasi», N.M .Verzilnn va V.M.Korsunskaya 
«insonning atrof muxitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulq-
atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi» 
deb ta’rif berganlar.



Pedagogik ensiklopediyada «ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, 
siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e’tiqodlar 
yigindisi, insonning moddiy borliq haqidaga qarashlari majmuasi 
xisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muxitga o‘z 
munosabatini namoyon etadi» deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rif 
asosida biologiya o’qitish metodikasi ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishda axamiyatga molik bo‘lgan tushunchalarni 
aniqlash, mazkur tushunchalarni shakllantirish uchun zarur 
bo‘ladigan shart-sharoitlarni va asosiy bosqichlarni, biologiyani 
o‘rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va e’tiqodlar 
tizimiga tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib 
toptirishdagi o‘rnini ko‘rsatishi lozim. 

Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga 
asos bo‘ladigan tushunchalarni quyidagi guruxlarga ajratish 
mumkin: 

1. Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi uxshash, yuz 
beradigan xodisalarning umumiyligi va uzviyligi; 



2. Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan xayotiy jarayonlar va 
o‘zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli o‘quv 
topshiriqlarini xal etishda biologik qonunlar bilan bir qatorda, 
fizik-kimyoviy qonunlardan foydalanish orqali fanlararo 
boglanishni amalga oshirish; 

3. Moddiy borliqdagi xodisa va vokealarni o‘rganishning 
zarurati, ekologik fojealarning sabablari va ularni bartaraf etish 
tadbirlari; 

4. Inson tomonidan tabiat qonunlarini o‘rganish va undan 
samarali va oqilona foydalanish yo‘llari; 

5. Tabiiy xodisalarning o‘zaro bogliqligi va rivojlanishida sabab-
oqibat bog’lanishlar. 

6. Inson - ijtimoiy mavjudot. 

7. Tabiatni muxofaza qilish - bu sayyoramizda xayotni 
asrashning asosi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida botanika, 
zoologiya, odam va uning salomatligi o‘quv kurslari mazmun 
jixatdan faktlarga boy bo‘lishi bilan bir qatorda, xar bir mavzuda 
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish imkonini 
beradi. 




Mental xarita 


maqola 
tadqiqot 
muvofiq 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin