Qisqa tutashish xarakteristikasi. Stator chulg’amidagi qisqa tutashish tokining generatorning qo’zg’atish tokiga bog’lanishi qisqa tutashish xarakteristikasi deyiladi. Xarakteristikani va bo’lganda olinadi. Qisqa tutashish xarakteristikasini olish uchun 161-rasmdagi sxema asosida qisqa tutashish tajribasi o’tkaziladi. Bunda generatorning stator chulg’amlari qisqa tutashtiriladi va rotori nominal tezlikda aylantiriladi. Qisqa tutashish xarakteristikasi grafigini qurish uchun generatorning qo’zg’atish toki noldan boshlab, statorning qisqa tutashish toki uning nominal tokidan 25% oshgunga qadar oshirib boriladi. Qisqa tutashish sharoitida generatorning EYUK juda kichkina bo’ladi. Magnit oqimi ham kichkina bo’lgani uchun generatorning magnit zanjiri to’yinmagan bo’ladi. Shuning uchun ham qisqa tutashish xarakteristikasi to’g’ri chiziqli bo’ladi. Odatda, stator chulg’amining aktiv qarshiligi uning induktiv qarshiligidan ancha kichkina bo’ladi, shuning uchun e’tiborga olinmaydi. Demak, qisqa tutashishda sinxron generatorning yuklamasi induktiv xarakterda bo’ladi. Statorning qisqa tutashish toki induktiv tok bo’lgani uchun generatorda yakor’ reaktsiyasi bo’ylama magnidizlovchi xarakterda bo’ladi. YAkor’ reaktsiyasining magnitlovchi kuchi qo’zg’atish chulg’amining magnitlovchi kuchi ga teskari yo’naladi. Mashinaning yig’indi magnilovchi kuchi yuqoridagi magnitlovchi kuchlarning ayirmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun uning qiymati va u hosil qiladigan magnit oqimi ham kichkina bo’ladi. Mashinaning magnit qutblarida qoldiq magnit induktsiyasining mavjudligi sababli bu xarakteristika ham aslida noldan boshlanmaydi. generatorning qisqa tutashish tajribasida uning bitta fazasiga tegishli vektor diagramma ko’rsatilgan. Bu sharoitda stator chulg’amida hosil bo’ladigan EYUK yakorning bo’ylama reaktsiyasi EYUK , hamda sochilma EYUK bilan to’la muvozanatlashadi, ya’ni .
Sochilma oqimning magnitlovchi kuchi mashinaning umumiy magnitlovchi kuchi bilan to’la muvozanatlashmaydi, chunki sochilma magnit oqimining kuch chiziqlari rotorning magnit qutblaridan o’tmaydi.
Salt ishlash va qisqa tutashish xarakteristikalari yuqorida qayd qilingan magnitlovchi kuchlarga mos keladigan qo’zg’atuvchi tok ulushlarining qiymatlarini aniqlashga imkon beradi. Shu maqsadda bu xarakteristikalar bir koordinata sistemasida quriladi. Ordinata o’qiga kuchlanish masshtabida sochilma EYUK OV chizig’i qo’yiladi. So’ngra V nuqtadan avstsissa o’qiga parallel o’tkaziladi va nuqta aniqlanadi va abstsissa o’qigacha chiziq o’tkaziladi. Bunda D nuqta qisqa tutashishda nominal qo’zg’atish tokini (Iqqn ni) ikki qismga bo’ladi. Birinchisi kuchlanish pasayishini kompensatsiyalash uchun lozim bo’lgan qo’zg’atish toki; ikkinchisi Iqa bo’ylama magnidizlovchi yakor’ reaktsiyasini kompensatsiyalash uchun lozim bo’lgan qo’zg’atish tokidir.
Dostları ilə paylaş: |