Mangu barhayot. Davlatimizning mustaqilligi yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo'g'ul bosqinchilariga qarshi ko'rsatgan mislsiz jasorati, Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o'rnatildi. Ko'cha va maydonlarga uning nomi berildi. 2000-yilda davlatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri - «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi.
Atamalar mazmunlni bilib oling! Valiyon - hozirgi Afg'oniston hududidagi qadimgi shahar.
Parvon - Afg'onistondagi shaharcha.
Sind - hozirgi Pokistonning shimolidan oqib o'tuvchi katta daryo.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar beriladi. 1. Chingizxon tuzgan mo 'g 'ullar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Nega Alouddin Muhammad Xorazmshoh mamlakat mudofaasini tashkil eta olmagan? 3. Jaloliddin qaysi shaharlarda mo'g'ullar ustidan g'alaba qozongan? 4. Sind daryosi bo 'yidagi jang haqida so 'zlab bering. 5. Vatanimiz mustaqilligi yillarida Jaloliddin Manguberdining xotirasini abadiy-lashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Uyga vazifa:
1) Yangi mavzuni bayoniga tayyorlanib kelish.
2) Tarixiy atamlarning mazmuniga izoh berish.
3) Mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlar to’plash.