Birinchi bob


Davlat ta'lim standarti (DTS) da matnni bilish hamda matn asosida ish olib borishida boshlang’ich sinf o'quvchilariga quyidagicha talab va vazifalar qo'yilgan



Yüklə 270 Kb.
səhifə11/15
tarix24.12.2022
ölçüsü270 Kb.
#121752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-SINF ONA TILI DARSLARIDA “UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH

Davlat ta'lim standarti (DTS) da matnni bilish hamda matn asosida ish olib borishida boshlang’ich sinf o'quvchilariga quyidagicha talab va vazifalar qo'yilgan:
1-sinfda o'quvchilar matnni ongli, to'g’ri vak bo'g’inlab sidig’a o'qishni o'rganadilar. 6-7 yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o'qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o'tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berilishi zarur. Shu bilan birga 1-sinf o'quvchilari quyidagilarni uddalay olishi kerak: matnni sinf taxtasi va darslikdan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda chiroyli, to'g’ri ko'chira olishni, talaffuzga mos bo'lgan 25-30 so'zli matnni harf va bo'g’inlarini tushirib qoldirmay, oshiqshani qo'shmay, o'rin-tushunicha beriladi va bu haqdagi badiiy boshqa matnni o'qish tavsiya etiladi.
Bolalar o'qilgan asrlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o'rganadilar. Matn ustida ishlash o'qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o'quvchilarda so'zlarni butunicha sidirg’asiga o'qish malakasi shakllanadi. O'qishning tashqri va ifodali bo'lishiga erishiladi. O'qish surati tezlashadi. Bu sinfda o'quvchilar matnning ayrim qismlarini qisqa hikoyalarni ichda (ovozsiz) mustaqil o’shqish o'tadilar. Matn ustida ishlash murakkalashib boradi, bolalar o'qituvchi rahbarligida asrning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so'z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so'z bilan tasvirlashga o'rganadilar. Ularda so'z boyligiga talab ortadi.
Nutq sofligi va aniqligiga e'tibor kuchayadi, luq’ati boyiydi va faollashadi, nutq sur'ati oshadi, so'zlarni to'g’ri qo'llashga, ovozni boshqarishga o'rganadi. Bundan tashqari 2-sinf o'quvchilar matnning o'zaro mazmunan bog’langan ikki yoki bir necha gaplardan tuza bilishlari kerak. So'roqlar yordami matnni qismlarga bo'la olishlari hamda kichkina matnga va matn qismlariga sarlavha qo'ya olish va tanlashishi shart.
3-sinfda so'zlarni butunicha sidirg’a o'qish ko'nikmasi to'la shakllanadi. Bu esa o'quvchilarning ongli va ifodali o'qishga qo'yilgan talablarni o'stirish imkoniyatini beradi.
O'qish darslarida bolalarning matn mazmuni o'zlashtirish ustida mustaqil ishlashga, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashga o'zaro bog’lanish sabab-natijalarini anglashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, tasviriy vositalarni aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi.
3-sinf o'quvchilarini o'z nutqlarida maqollardan, hikmati so'z va iboralardan foydalanishga, so'zlarni to'g’ri tanlashga, gap qurilishidagi (so'zlarnig bir-biriga bog’lanishidan) to'g’ri foydalanishga o'rgatish talab etiladi. O'qish darslarida o'quvchilarning so'zlarni adabiy qoidalarga muvofiq talaffuz etishlari talab etiladi. 3-sinf o'quvchilar o'qiyotgan matnninng mazmuniga mos oqangni, mantiqiy urg’uni, tezltgni, to'xtamni, o'qish oangini topishni o'rgani oladilar. O'qish me'yori bir daqiqada 60-75 so'zdan iborat. Notanish matnni o'qish hisoblanadi. Matn mazmunini tushunib ichida o'qiladi.
1-sinfda o'quvchilar so'zlarni bo'g’inlamay sidirg’a o'qishlari, matnni tez, to'g’ri, ongli o'qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo'g’inlab o'qishga yo'l qo'ymasligi kerak. Bolalar o'qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o'qilgan matnni to'la, qisqartirib tanlab qayta hikoyalashlari zarur. Ifodali o'qish va o'zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me'yorlari shakllanadi. O'quvchilar nutqining faollashuvi, nutqnning grammatik shakllarini to'g’ri qo'llash va to'g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, ifodali bo'lishiga yordam beradi.

Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin