PARMALOVChI VA TeShIK KeNGAYTIRUVChI
STANOKLARDA IShLOV BeRISh ASOSLARI
Reja:
1
.
Parmalovchi va teshik kengaygiruvchi stanoklarda
ishlov berish va ularda bajariladigan ishlar
2. Yuqori unumli parmalash me`yorlari.
3. Parmani charxlash
Tayanch tushunchalar: perosimon, spiral`, markaz ochuvchi va chuqur
teshiklarni parmalovchi parmalar, qirindi ajratuvchi kanalchali parmalar
1-§. Parmalovchi va teshik kengaygiruvchi stanoklarda ishlov berish va
ularda bajariladigan ishlar
Yaxlit materialda parma deb ataluvchi keskich-asbob
yordamida teshik ochish
usuli parmalash deb ataladi. Parmalash kesish qismining konstruktsiyasiga ko`ra,
perosimon, spiral`, markaz ochuvchi va chuqur teshiklarni teshuvchi parmalarga
bo`linadi. Quyida bu parmalarning konstruktiv xususiyatlari to`g`risida qisqacha ma`lumotlar
keltirilgan.
Perosimon parma.
Bu xil parma, parma o`qiga kesuvchi tig`lari bir-biriga nisbatan
simmetrik holda joylashgan plastinka bo`lib, uning kesuvchi tig`lari orasidagi burchak
teng bo`ladi. Ishlanuvchi materialning mexanik xossasiga ko`ra, bu burchak 0-140°
oralig`ida olinadi, o`rtacha 2
qiymati 116
0
olinadi.
Agar kesish qirrasiga perpendikulyar bo`lgan
IV-IV kesimiga qarasak, kesish
burchagi
90
bo`ladi, bu esa kesish uchun noqobildir, kesish tiglarining kesishgan joyida
0
60
55
burchakli, ko`ndalang kesuvchi tig`i 3 hosil bo`ladi. Parmalashda parmaning
metalga ishqalanishini kamaytirish uchun orqa burchagi
0
7
3
li qilib, yon tomonlari
esa
0
30
2
li teskari konus bilan charxlanadi. Bu parmalar oddiy konstruktsiyali va
tayyorlanishi arzon bo`lishiga qaramay ulardan
kamdan kam foydalaniladi, bunga
sabab parma diametrining har galgi charxlash tufayli o`zgarishi
va ish unumdorligining
pastligidir.
Spiral` parma.
Sanoatda ko`proq tarqalgan bo`lib, u umumiy holda asosiy
kesish burchaklari hosil qiluvchi ikkita vintsimon (spiral`) ariqchasi bo`lgan tsilindrik
qismdan iboratdir.
39-rasmda tsilindrik quyruqli (shpindel` patroniga qo`yrug`idan qisiladigan
va konussimon qo`yrukli (shpindelga konusli quyrug`i hisobiga o`rnatiladigan)
parmaning konstruktsiyalari tasvirlangan.
Shuni qayd etish lozimki, odatda tsilindrik
quyriqli parma diametri 0,25-9,4 mm, konus quyruqli parma diametri 6-80 mm
oralig`ida bo`ladi.